253
mahsuldorligini o‘lchash mezoni sifatida xizmat qiladi.
Tafakkur ixchamligi
deganda muammoni hal qilishning dastlab tuzilgan
rejasi mazkur jarayonda masala echish shartini qanoatlantirmay qolsa,
nomutanosiblik hosil bo‘lsa hech ikkilanmay elastik ravishda o‘zgartirishlar
kiritishdan iborat fikr yuritish faoliyatini tasavvur qilmog‘imiz shart.
Fikrning
operativ jihatdan tezkorlik bilan o‘zgartirishdan va to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘llab
yuborishdan iborat tafakkur sifati uning ixchamligi deyiladi. Masalan, talaba
imtihonda avval g‘oyani noto‘g‘ri yoritayotib, o‘z-o‘zicha birdaniga xatosini
anglab to‘g‘ri javob bera boshlashi kabilar. Demak, tafakkurning mazkur sifati
fikrlarni, axborotlarni tinglovchilarga xato va kamchiliklarsiz
etkazib berish
garovidir.
Tafakkurning tezligi
qo‘yilgan savolga va muammoga to‘liq javob olingan
vaqt bilan belgilanadi. Uning tezligi qator omillarga, jumladan fikrlar uchun zarur
materialni tez yodga tushira olishga, muvaqqat bog‘lanishlarning tezligi, turli
hislarning mavjudligiga, insonning diqqatiga, qiziqishiga bog‘liq bo‘ladi. Bundan
tashqari tafakkurning tezligi boshqa shartlarga – insonning bilim saviyasiga,
fikrlash
qobiliyatiga, mavjud ko‘nikma va malakalariga ham bog‘liq ekanligi
isbotlangan. Xulosa qilib aytganda, tafakkur jarayonlarining tezligi va
jarayonlarning ma‘lum fursat ichida qanchalik samara berganligi bilan baholanadi.
Fikrlarning tezligi talabalar va o‘quvchilarga zarur psixologik qurol bo‘lib
xizmat qiladi. Imtihon paytida, seminar mashg‘ulotlarida faol ishtirok qilgan talaba
hayajonlanib, egallagan bilimlarini vaqtincha unutib o‘zini yo‘qotib qo‘yadi.
O‘rinsiz salbiy emotsiyalar uning tafakkurini tormozlab, muvaffaqqiyatsizlikka
olib keladi, ya‘ni fikrni bayon qilishda inertlik paydo bo‘lib, keyinchalik butunlay
tormozlanishga aylanadi. Ba‘zi talabalar aksincha, imtihonda hayajonlanib fikrlari
ravshanlashadi. Qattiq hayajonlanish, qattiq tashqi ta‘sir natijasida uyqudagi ayrim
neyronlar uyg‘onib, funktsiyasi jadallashib ketadi va fikr birdaniga ravshanlashishi
mumkin. SHuning uchun o‘qitish jarayonida talaba va o‘quvchilarning
aqliy
faoliyatini to‘g‘ri baholashda ularning individual tipologik xususiyatlarini hisobga
olish maqsadga muvofiqdir.
Jahon psixologlarining ko‘rsatishiga qaraganda, yuqorida tahlil qilib chiqilgan
254
tafakkur sifatlari ularning asosiy xususiyati bilan uzviy bog‘liqdir. Tafakkurning
asosiy va eng muhim belgisi, xususiyati bu moddiy voqelikdagi muhim jihatlarni
ajratib mustaqil ravishda yangi mazmundagi umumlashmalarni keltirib
chiqarishdir. Inson oddiy narsalar to‘g‘risida fikr yuritganda
ham ularning tashqi
belgilari bilan chegaralanib qolmaydi, balki hodisa mohiyatini ochishga intiladi,
oddiy turmush haqidagi umumiy qonuniyatni yaratishga harakat qiladi. Shubhasiz,
inson tafakkuri hali izlanmagan, to‘la foydalanilmagan zahira va imkoniyatlarga
ega. Tafakkur psixologiyasining asosiy vazifasi ana shu zahirani to‘la ochish fan-
texnika rivojini intensivlashdan iborat.
Chunki har qanday kashfiyot, yangilik,
rivojlanish inson aql-zakovatining mahsulidir. SHu boisdan ham fan va
texnikaning rivojlanishi insonshunoslik fanining rivojiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Insonlar fikrlash faoliyatidagi individual tafovutlar tafakkurning sinchkovlik,
tafakkur kengligi, chuqurligi va mustaqilligi,
fikrning eguluvchanligi, aqlning
sertashabbusligi va tanqidiyligi, mantiqiylik, isbotlanganlik va ijodkorlik kabi
sifatlarida ifodalanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: