251
voqelik to‘g‘risida ongda qay miqdorda, ko‘lamda
mulohazalar, muhokamalar,
fikrlar, muammolar, tushunchalar joy olganligi nazarda tutiladi.
Insonda sanab
o‘tilgan xarakterdagi g‘oyalar to‘lib toshsa, shunchalik tafakkur mazmundor
bo‘ladi. Kishilar bir-birlaridan birinchi navbatda tafakkurning mazmundorligi bilan
tafovutlanadi.
Tafakkurning chuqurligi deganimizda moddiy dunyodagi narsa-hodisalarning
asosiy qonunlari,
qonuniyatlari, xossalari, sifatlari ularning o‘zaro bog‘lanishlari,
munosabatlari, tafakkurimizda to‘liq aks etganligini tushunishimiz kerak. Tafakkur
arsenalida joylashgan narsalarning qay yo‘sinda sistemalashganligiga qarab to‘g‘ri
va ratsional yo‘l nazarda tutiladi, u yoki bu shaxsning
tafakkur chuqurligi
to‘g‘risida qat‘iy bir qarorga kelish mumkin.
Tafakkurning kengligi o‘zining mazmundorligi, chuqurligi kabi sifatlari bilan
muntazam aloqada bo‘ladi. Insonlardagi narsa va hodisalarning eng muhim belgi,
xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan o‘tmish yuzasidan, hozirgi davr haqida,
shuningdek, kelajak to‘g‘risida mulohazalar, muammolar va tushunchalarni
qamrab
olgan tafakkur
keng tafakkur
deyiladi. Fikr doirasi keng bilim saviyasi
yuqori serg‘oya ijodiy izlanishdagi kishilarni aql zakovatli, bilimdon yoki tafakkuri
keng kishilar deb atash mumkin. Demak,
insonning aql-zakovati, bilimdonligi
mulohazadorligi uning tafakkurining kengligidan dalolat beradi.
Inson tafakkuri o‘zining mustaqilligi jihatidan mustaqil va nomustaqil
tafakkurga ajratiladi.
Tafakkurni mustaqilligi
deganda kishining shaxsiy
tashabbusi bilan o‘z oldiga aniq maqsad, yangi vazifalar qo‘ya bilishi, ular
yuzasidan amaliy va ilmiy xarakterdagi faraz, gipoteza qilish, natijani ko‘z oldiga
keltira olishi, qo‘yilgan vazifani hech kimning ko‘magisiz, ko‘rsatmasisiz o‘zining
aqliy izlanishi tufayli turli yo‘l,
usul va vositalar topib, mustaqil ravishda hal
qilishdan iborat aqliy qobiliyatni tushunish kerak.
Tafakkurning
mustaqilligi
aqlning
sertashabbusligi,
pishiqligi
va
tanqidiyligida namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: