O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

ayrim
va 
umumiy
bo‗lishi mumkin. Ayrim belgilar deb
jismning qaysi sinfga tegishliligidan qat‘iy nazar, yagona jismga taalluqli bo‗lgan 
tushunchaga aytiladi. Ayrim tushunchalarga moskva, toshkent, baykal ko‗li va 
boshqalar kiradi. Umumiy tushuncha deb, bir jismga emas, balki, jismlar sinfiga, 
bu sinfdagilarning istalgan jismiga tegishli bo‗lgan tushunchaga aytiladi. Masalan, 
samolyot, davlat, korxona, institut va h.k. 
Tushunchalarning tasavvurdan farq qiluvchi o‘ziga xos xususiyatlari
ga, 
tasavvurlarning doimiy obrazga ega ekanligi, tushuncha esa – bu so‗zda o‗z 
ifodasini topgan fikr ekanligidan iboratligi kiradi; tasavvur ahamiyatli va 
ahamiyatga ega bo‗lmagan belgilarni o‗z ichiga oladi, tushunchalarda esa faqatgina 
ahamiyatli belgilar saqlanib qoladi. Tushuncha tasavvurdan ko‗ra ko‗proq 
umumlashtirilgan aks ettirish hisoblanadi. 
Hukm
– jismlar va hodisalar o‗rtasidagi aloqani aks ettiruvchi tafakkur shakli; 
biror narsani tasdiqlash yoki inkor etish. Tasdiqlovchi hukmga misol sifatida: 
«psixika miyaning vazifasi», «barcha metallar elektr tokini o‗tkazadi», inkor 
etishga – «suvda hech qanday yog‗ erimaydi» kabi hukmlarni keltirish mumkin. 
Biz tasdiqlayotgan yoki inkor etayotgan hukmning ma‘lum sinfning jislaridan 
birortasi, ba‘zilari yoki har qaysi jismga taalluqli bo‗lishiga bog‗liq ravishda 
hukmlar ayrim, xususiy yoki umumiy bo‗lishi mumkin. 
Ayrim hukm
: «bu odam 


248 
hech qachon aldov yo‗liga kirmaydi». 
Xususiy hukm
: «ba‘zi metallar suvdan 
og‗irroq». 
Umumiy hukm
: «suyuqlikdagi har bir jismga u siqib chiqargan 
suyuqlikka teng bo‗lgan bosim ta‘sir ko‗rsatadi». 
Hukmlarning ob‘ektiv voqelikni aks ettirishiga ko‗ra ular chin va soxta 
bo‗lishi mumkin. 
Chin hukm
jismlar va ularning xossalari o‗rtasidagi voqelikda 
mavjud bo‗lgan aloqalarni ifodalaydi. «massa – inertlik o‗lchovi» chin hukmdir. 
Xato hukm
ob‘ektiv hodisalar o‗rtasidagi voqelikda mavjud bo‗lmagan aloqani 
ifodalaydi, masalan: «barcha odamlar uchun o‗lim muqarrar emas». 
Bir yoki bir necha hukmlardan yangi hukm yuzaga keladigan tafakkur shakli 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin