O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

IQ
koeffitsenti bilan 
belgilanadi.
IQ
va 
Cr
koeffitsentlarini ajratish qobiliyat bilan mantiqni aqliy 
ijodiylikka qarama-qarshi qo‘yishga omil bo‘lgan. Xuddi shu bois ham XX asrning 
60-yillariga kelib, ijodiylikning 60 dan ortiq ta‘rifi ishlab chiqildi. Ijodiylik 
ta‘riflarini tahlil qilish orqali ularni 6 turga ajratish mumkin: 
geshtaltik 
ta‘rif 
(ijodiy jarayonni mavjud geshtaltlarni buzib, yaxshirog‘ini tuzish sifatida 
ta‘riflanadi), 
innovatsion (yangi)
ta‘rif (so‘nggi natijaning yangiligi bo‘yicha 
ijodiylikni baholashga yo‘naltirilgan), 
estetik yoki ekspressiv 
(ijod qiluvchining 
o‘zini-o‘zi ifodalashga ahamiyat beruvchi), 
psixoanalitik
(ijodiylikni ―U‖, ―Men‖ 


259 
va ―Ideal - Men‖ o‘rtasidagi o‘zaro munosabat deb ta‘riflovchi); 
muammoli
(ijodiylikni masalalar еchish jarayoni deb aniqlaydigan. Bunga 
J.P. Guilford
ning 
―Ijodiylik 

divergent 
qobiliyat 
jarayonidir‖, 
degan 
ta‘rifini 
ham 
mujassamlashtirish mumkin), oltinchi tipga yuqorida ta‘riflangan tiplarning 
birortasiga ham kirmaydigan har xil ta‘riflarni kiritish mumkin (masalan, 
―umuminsoniy‖ bilimlar zaxirasini to‘ldirish) 
Hozirgi davrda to‘plangan ijodiylik atamasiga taalluqli ta‘riflar mazmuni, 
mohiyati va tuzilmasini baholash qiyin. Tadqiqotchilarning ta‘kidlashicha, 
―ijodiylikning nimaligini tushunishning o‘zi ijodiy harakatni talab qiladi. So‘nggi 
yillardagi tadqiqotlar mualliflaridan biri ijodiylikni qandaydir ahamiyatli va yangi 
narsaga erishish deb, ya‘ni ―boshqacha aytganda, bu insonlarning dunyoni 
o‘zgartirish uchun qilgan harakatlari‖ sifatida ta‘riflaydilar 
Ijodiylikning XX asr 60-yillardagi ko‘zga ko‘ringan tadqiqotchilaridan biri 
M.Wallachning ta‘kidlashicha, intellektual testlar ijodiy yutuqlar bilan yuqori 
ko‘rsatkichlarda o‘zaro bog‘lanmagan. U 11-12 yoshli o‘quvchilar o‘rtasidagi 
intellekt va ijodiylik turlicha rivojlanganligi sababli ularni 4 xil guruhga ajratib 
ko‘rsatadi: 
intellekt va ijodiylikning yuqori darajasiga erishgan o‘quvchilar o‘zlarini 
to‘g‘ri baholaydilar, ularda o‘zini-o‘zi nazorat qilish yuqori, ular barcha yangi 
narsalarga qiziqishadi va baholashda mustaqillikka egadirlar; 
intellektual darajasi yuqori va ijodiylik darajasi past o‘quvchilar maktabda 
muvaffaqiyatga intiladilar, lekin birovdan o‘z sirlarini yashiradilar, o‘zlarini 
pasaytirib baholaydilar; 
intellektual darajasi past va ijodiylik ko‘rsatkichi yuqori o‘quvchilar xavotirli, 
e‘tiborsiz, quyi ijtimoiy moslashuv bilan boshqalardan ajralib turadilar; 
intellektual darajasi va ijodiylik ko‘rsatkichi quyi o‘quvchilar vaziyatga oson 
moslashadilar, ijtimoiy intellektual darajasi yuqori, lekin sust sub‘ektlar o‘zlarini 
to‘g‘ri baholaydilar. 
Shunday qilib, ijodiylik jarayoni bilan intellekt darajasi o‘rtasidagi munosabat 
o‘quvchilarning shaxsiy xislatlariga va ularning moslashuv usullariga ta‘sir qiladi.


260 
Stenberg va Gardnerlarning fikricha bir necha qobiliyat shaxsni omadli 
bo‗lishiga olib kelishi mumkin.
Ijodiylik 
mezonlaridan 
biri 

bu 
nostandartlikdir

E.P.Torrance 
ta‘kidlaganidek, noyob va original javoblar mohiyatan har doim ham mos 
tushavermaydi. Ko‘pincha tushunchalarning mazmunini asoslanmagan ravishda 
aralashtirish holati ro‘y beradi: ijodiy qobiliyat esa nostandartlik bilan bir xil deb 
qaraladi, nostandartlik originallik bilan, originallik esa sinaluvchilar guruhidagi 
noyob javoblar bilan ayniy deb talqin etiladi. Nostandartlik originallik (o‘ziga 
xoslikka nisbatan kengroq tushunchadir. 
Ikkinchi mezon - 
anglanganlikdir. 
Bu asnoda so‘z borganda sinaluvchi 
tomonidan muammo еchimining anglanganligi nazarda tutiladi. 
Intellektual testlar shaxsdan konvergent tafakkurni talab qiladi. Kreativ testlar 
esa divergent tafakkurni talab etadi.
Kreativlik- bu birvaqtning o‗zida yangi va qadrli g‗oyalarni yaratuvchi 
ijodkorlik qobiliyatidir. 
Sternberg va uning kasbdoshlari kreativlikning 5 komponentini ishlab 
chiqishgan.
1.
Shaxsdagi bilimning ko‗pqirraligi. Qo‗lga qiritgan bilimilarimiz 
g‗oyalarimizning ko‗p bo‗lishining asosi hisoblandi. Dunyoviy bilimilarimiz 
qanchalik ko‗p bo‗lsa, psixikamizdagi bloklar ham shunchalik ko‗p bo‗ladi. 
Hayotda muammolarni hal qilishda bilimlarimiz qanchalik ko‗p bo‗lsa, uni hal 
qilish shunchalik oson bo‗ladi.
2.
Tasavvuriy tafakkur narsa va hodisalarini yangidan ko‗rishga, ularni 
qayta yaratishga va bog‗lashga imkon beradi. Muammoning asosiy elementini 
tasavvur qilib uni o‗zlashtiramiz va uni yangi bosqichga olib o‗tamiz. 
3.
Tavakkalchilik- yangi ta‘surotlarni qidirish. Buni ikki ma‘noda ko‗rish 
mumkin. Ya‘ni birinchisi 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin