245
faoliyatining manbai bo‗lib xizmat qiladi.
Tafakkur psixik faoliyat sifatida miyaning vazifasi hisoblanadi. Oddiy psixik
jarayonlar, masalan, sezgilar uchun asos vazifasini o‗taydigan
yuqoriroq
darajadagi miya jarayonlari tafakkurning fiziologik asosini tashkil etadi. Lekin
hozirda tafakkur jarayonini ta‘minlovchi barcha fiziologik tuzilmalarning o‗zaro
ta‘sir etish tartibi va ahamiyati haqida aniq fikr mavjud emas. Tafakkur faoliyatida
miya peshona qismlari alohida ahamiyatga ega ekanligi shubhasizdir.
Bundan
tashqari, bosh miya po‗stlog‗ining tafakkurni gnostik (bilish) vazifasi bilan
ta‘minlovchi doirasi,
shuningdek, tafakkur jarayonini ta‘minlovchi miya nutq
markazlari ham katta ahamiyatga ega.
Tafakkur – bu o‗z tuzilishi va turlariga ega bo‗lgan o‗ziga xos faoliyat.
Tafakkurning turlarga bo‗linishi shakli,
xususiyati, ochib berilganlik, yangililik va
voqelikka moslik darajasiga ko‗ra amalga oshiriladi.
5- Rasm. Tafakkur turlari.
Tafakkur, odatda, nazariy va amaliy tafakkurlarga bo‗linadi.
Nazariy
tafakkurda tushunchali va obrazli tafakkur, amaliy tafakkurda esa –ko‗rgazmali-
obrazli va ko‗rgazmali-harakatli tafakkur ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: