269
borgan, va bu asta-sekin murakkab morfologiya va sintaksisga ega bo‗lgan tilning
shakllanishiga olib keldi.
Nutq rivojlanishining keyingi bosqichi
yozuv
ning yaratilishidir. Yozuvli nutq
og‗zaki nutq kabi o‗z taraqqiyotida bir necha bosqichlardan o‗tdi. Dastlab yozuv
belgilari paydo bo‗ldi,
keyinroq esa, tovushli nutq paydo bo‗lishi bilan yozuv
belgilari tovushlar ma‘nosini aks ettira boshladi, bu esa harf-fonetik turdagi
zamonaviy yozuvning yuzaga kelishiga
olib keldi
Irsiy jihatdan nutq tafakkur bilan birga ijtimoiy-mehnat amaliyotida paydo
bo‗ldi va u bilan insoniyat ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida rivojlandi. Nutq
yaxlitligicha ong tomonidan boshqariladi. Ongning asosiy vazifasi – turmushni
anglash, aks ettirish, til va nutq buni maxsus holatda bajaradilar:
ular turmushni,
belgilagan holda aks ettiradilar.
Til va nutq o‗zaro farqlanadilar. Til – muloqot vositalarining qat‘iy me‘yoriy
tizimi, nutq esa – muloqot jarayonida fikr va hissiyotlarni etkazish uchun
qo‗llanma. Til uni qo‗llaydigan odamlar uchun bir xildir, nutq individual tarzda
o‗ziga xos bo‗ladi. Nutqda alohida olingan odam
yoki odamlar jamoasining
psixologiyasi ifodalanadi, til esa o‗zida halq psixologiyasini ifodalaydi.
shu bilan birga, nuq va tilning o‗zaro aloqasi shubhasizdir, chunki ma‘lum
tilsiz nutq bo‗lmagani kabi, nutqda qo‗llanmaydigan til ham bo‗lmaydi.