236
8.4. Umumiy va maxsus qobiliyatlar
Qobiliyat
-shaxsga ma‘lum faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish,
bilimlarni tez
va osonlik bilan o‗zlashtirishga yordam beruvchi individual psixologik xususiyat.
Qobiliyat
-shaxsning muayyan faoliyat turini muvaffaqiyatli bajarishga
bo‗lgan layoqat
darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida hosil qilingan
individual xususiyatlar yig‗indisi.
Zehn muayyan bir faoliyatga (maxsus qobiliyatlar)
yoki hamma narsaga
nisbatan ortiqcha qiziquvchanlikda (umumiy qobiliyat) moyillikda va intilishda
ko‗rindi. Zehn qobiliyatlarning psixofiziologik asosini ifodalab asosan asab tizimi
xossalariga ega bo‗ladi.
Psixologiya fanida qobiliyatlar quyidagicha tavsiflanadi:
Tabiiy qobiliyatlar
odamlar va hayvonlar uchun xos bo‗lib, idrok qilish
xotirada saqlash, oddiy muloqotga kirisha
olish shular jumlasidandir
Maxsus insoniy qobiliyatlar
ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo‗lib,
ijtimoiy
hayot va taraqqiyotni ta‘minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o‗z navbatida
umumiy va xususiy qobiliyatlarga bo‗linadi.
Umumiy qobiliyatlar
insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini ta‘minlovchi
aqliy qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qo‗l harakatlarini aniqligi va
boshqa xususiyatlardan iborat.
Ilmiy qobiliyat
abstrakt, evristik fikrlashning yuksak rivojlangan bo‗lishini,
og‗zaki mantiqiy xotirani, qat‘iyat va sabr-toqatni talab qiladi.
Badiiy qobiliyat
sensor obrazli fikrlashning alohida rivojlangan bo‗limini,
o‗tkir emotsional ta‘sirchanlik va reaktivlikni talab qiladi.
Bu qobiliyatga
tasvirlash, musiqaviy, artistik va adabiy qobiliyatlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: