Davlat va huquq tizimida din omili



Yüklə 1,53 Mb.
tarix01.12.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#170958
Davlat va huquq tizimida din omili (2)

Davlat va huquq tizimida din omili

    • REJA:
    • Mustaqillik davrida diniy qadriyatlarning tiklanishi
    • Diniy bag’rikenglik va vijdon erkinligi
    • Diniy tashkilotlar faoliyatidagi muhim o’zgarishlar
  • www.arxiv.uz

Xalqlarimizning tabiatiga mutlaqo yot bo’lgan siyosiy, diniy ekstremizm, aqidaparastlik va boshqa yovuz oqimlarning mintaqamizga kirib kelishi va tarqalishi tinchlik va osoyishtalikka, farzandlarimizning kelajagiga katta xavf tug’dirishini odamlar ongiga chuqur singdirib borish kerak. Xalqlarimiz tafakkurida yuksak ahloqiy ma’naviy qadriyatlarni qaror toptirish va mustahkamlash orqali ularni yovuz kuchlarga qarshi kurashga safarbar etish zarur.

  • Xalqlarimizning tabiatiga mutlaqo yot bo’lgan siyosiy, diniy ekstremizm, aqidaparastlik va boshqa yovuz oqimlarning mintaqamizga kirib kelishi va tarqalishi tinchlik va osoyishtalikka, farzandlarimizning kelajagiga katta xavf tug’dirishini odamlar ongiga chuqur singdirib borish kerak. Xalqlarimiz tafakkurida yuksak ahloqiy ma’naviy qadriyatlarni qaror toptirish va mustahkamlash orqali ularni yovuz kuchlarga qarshi kurashga safarbar etish zarur.
  • www.arxiv.uz
  • Bugun O’zbekiston diniy bag’rikenglik va murosa borasida nafaqat MDH davlatlari, balki butun dunyoga namuna bo’lmoqda. Bu haqda Moskva va Butun rus patriarxi Aleksiy II, Xillari Klinton va Madlen Olbrayt, Iordaniya shahzodasi Hasan bin Tallol kabi dunyo miqyosida katta obro’ va nufuzga ega insonlar yurtimizga ziyoratlari vaqtida ta’kidlab o’tdilar. Albatta, xalqimizga xos bu xislat bir zumda paydo bo’lgan emas, balki uzoq tarixiy asoslariga ega.
  • www.arxiv.uz
  • www.arxiv.uz
  • IX asrdan boshlab hozirgi O’zbekiston hududida islom dini sunna yo’nalishining hanafiy (Imom A’zam) mazhabi qaror topdi. Hanafiylik o’zga dinlar va mahalliy urf-odatlarga nisbatan erkinlik berish bilan boshqa mazhablardan ajralib turadi. Bu ta’limotni takomilga etkazgan vatandoshlarimiz — Abu Mansur Moturidiy, Abulmo’min Nasafiy va Burxoniddin Marg’inoniy kabi allomalar musulmonlar orasidagi g’oyaviy tarafkashlikka barham berish, islom dinining «axli sunna val jamoa» yo’li barqaror bo’lib qolishiga katta hissa qo’shdilar. Buyuk islom ulamolari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo hukmdorlari ham bu yo’lda kurashdilar. X asr o’rtalarida islom dunyosida shia yo’nalishi (SHimoliy Afrika, Misr, Suriya, Hijozda — fotimiylar, Yamanda — zaydiylar va hatto abbosiylar poytaxti Bagdodda — buvayxiylar) ustunlikka erishgan bir paytda Markaziy Osiyoda tohiriy, somoniy, g’aznaviy va qoraxoniy hokimlari «axli sunna val-jamoa» aqidasini qat’iyat bilan himoya qildilar.
  • www.arxiv.uz
  • Xususan, o’z davrining ramzi bo’lgan Amir Temur e’tiqod va ma’daniyatning katta ahamiyatini to’g’ri idrok etgan. Sharafid-din Ali Yazdiy Sohibqironni haqli ravishda e’tiqodi komil inson sifatida ta’riflaydi. Eng muhimi, Amir Temur «axli sunna val-jamoa» e’tiqodiga sodiq, diniy aqidaparastlikka qarshi qat’iy bo’lgan, islom dinini mutaassiblikdan holi, erkin tushungan. Uning komil e’tiqodi boshqa dinlarni rad etish hisobiga bo’lmagan va shu jihatdan xam, u nafaqat o’z asri, balki hozirgi zamon kishisi uchun xam namunadir.
  • www.arxiv.uz
  • www.arxiv.uz
  • Mustaqillik tufayli o’zligimizni anglash, ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash jarayoni kechayotgan hozirgi paytda umuman dinga va ayniqsa, ota-bobolarimiz dini bo’lib kelgan islomga munosabat tubdan o’zgardi. Bu sohadagi yutuqlami sanab o’tirishga hojat yo’q. Ulami ko’rmaslik mumkin emas, ko’rolmaslik mumkindir, balki. Ammo masalaning boshqa tomoniga e’tiborni jalb qilish muhim. Siyosiy mustaqillikka erishgan barcha yosh davlatlarda yuz bergani kabi bizning mamlakatda ham ta’lim yo’nalishi mazmun-mohiyatining o’zgarishi, davlat tili, an’analar, milliy madaniyatga e’tiboming ortishi, bularning hammasi, diniy omil ahamiyatiga davlatning munosabatini ko’rsatadi.
  • www.arxiv.uz
  • Mustaqillik yillarida kutilmagan voqealarga ham duch kelindi. Xalqaro terrorizm bilan uyushib ketgan diniy ekstremizm endilikda umumbashariy muammoga aylandi. Uning yechimi — dindan buzg’unchilik maqsadlarida foydalanishga yo’l qo’yib bo’lmasligini e’tirof etishdir.
  • Davlatning dinga munosabatidagi asosiy xususiyati — bu dinning siyosatga aralashmasligi. Zero, har qanday din, birinchi o’rinda ma’naviy-axloqiy jihatni o’z ichiga oladi.
  • Hech qaysi din o’zida xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatlarining barchasini qamrab olishga da’vogarlik qilmaydi. Aks xolda u din bo’lmay qoladi. Xuddi shu asosda O’zbekiston Respublikasi Konstituiiiyasiping 57-moddasidadiniy-siyosiy partiyalar tuzish ta’qiqlangan.
  • www.arxiv.uz
  • www.arxiv.uz
  • O’zbekiston davlatining dunyoviylik, diniy bag’rikenglik, barcha dinlarga bir xilda munosabat, jamiyat taraqqiyotida din bilan hamkorlik qilish xususiyatlari ushbu tamoyil asosida amalga oshiriladi, Chunki konstitutsiyaviy dunyoviy-ma’rifiy davlatda vijdon erkinligi qonuni diniy e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’i nazar, siyosiy xohishlarini bildirishda barcha fuqarolaming teng ishtiroki tamoyiliga rioya qiladi.
  • «Vijdon» erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonun. Ushbu qonun 1991 yilda qabul qilingan bo’lib, 1993 yilda kiritilgan ba’zi qo’shimcha va o’zgartirishlar bilan 1998 yilgaqadar amalda bo’lib keldi.
  • www.arxiv.uz
  • 1990 yillarning boshlarida xukumatimiz tomonidan berilgan imkoniyatlarning suiste’mol qilinishi, masjid qurish kompaniyaga aylanib ketishi oqibatida ulaming soni 89 tadan 5000 tagacha etdi. Ularning aksariyati hujjatlari to’liq rasmiylashtirilmagan, malakali imomlar bilan ta’minlanmagan (95,8% diniy ma’lumotsiz) va zarur sharoitlar bo’lmagan holda faoliyat yurgizib, turli "peshvo"lar masjidlarni o’z uyalariga aylantirishga xarakat qildilar.
  • Ba’zi diniy tashkilotlarning rahbarlari xorijiy fuqarolar bo’lib, aslida hech qanday diniy ma’lumotga ega bo’lmay, moliyaviy yordam ko’rsatish hisobiga respublika hududidagi diniy tashkilotlarga rahbarlik qilib olib, buzg’unchilik, missionerlik faoliyati bilan shug’ullanar edilar. Ularning asosiy maqsadi turli yo’l va usullar bilan o’z saflarini mahalliy millat vakillari hisobiga kengaytirishdan iborat edi.
  • www.arxiv.uz
  • www.arxiv.uz
  • Davlat talablari asosida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’grisida»gi Qonunni tubdan o’zgartirish zarurati tug’ildi va 1998 yil 1 may kuni yangi tahrirda qabul qilindi.
  • Kiritilgan o ’ zgarishlar nimalardan iborat edi?
  • Jumladan, Qonunning 8-moddasiga asosan, diniy tashkilotlar 18 yoshga to’lgan va respublika hududida 100 nafardan kam bo’lmagan O’zbekiston fuqarolari tashabbusi bilan tuzilishi muayyan konfessiyaga qarashli diniy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va yo’naltirib borish uchun ularning respublika bo’yicha yagona markaziy boshqaruv organi tuzilishi mumkinligi haqidagi qoida mustahkamlab qo’yildi.
  • www.arxiv.uz
  • Shuningdek, tegishli diniy ma’lumotga ega bo’lgan O’zbekiston fuqarolari diniy tashkilotlarning rahbarlari etib saylanishlari, bunday lavozimga istisno holatda xorijiy fuqarolar nomzodlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita bilan kelishib olinishi belgilab qo’yildi.
  • Qonunnimg 9-moddasiga muvofiq diniy tashkilotlaming markaziy boshqaruv organlari ruhoniylar va o’zlariga zarur bo’lgan diniy xodimlar tayyorlash uchun diniy o’quv yurtlari tuzishga haqlidir.
  • Qonunning 5-moddasida bir konfessiyadagi dindorlami boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi.
  • www.arxiv.uz
  • www.arxiv.uz
  • Ushbu moddaning mazmuni va ahamiyatini tushunish uchun missionerlik va prozelitizm nima ekanini bilib olish kerak. Missionerlik — bu boshqa diniy e’tiqodga ega bo’lgan shaxsni o’z diniga og’dirib olishlik bo’yicha diniy tashkilotlar vakillari tomonidan amalga oshiriladigap faoliyat. Prozelit — bu o’z dinidan kechib, boshqa dinga o’tgan odam.
  • Qonunning 16-moddasiga asosan: «Diniy tashkilotlar uchun er ajratish hamda ibodat binolari qurish tegishli ravishda Qoraqalpog’istoi Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi».
  • www.arxiv.uz
  • Qonunning diniy adabiyotlarga tegishli bo’lgan 19-moddasi ham bir qadar o’zgartirildi: «Diniy tashkilotlaming markaziy boshqaruv organlari diniy maqsadlarga mo’ljallangan buyumlar, Diniy adabiyotlar va diniy mazmundagi boshqa axborot materiallarini O’zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlarida belgilangai tartibda ishlab chiqarishga, eksport va import qilishga hamda tarqatishga haqdidir». Mazkur qoida O’zbekiston hududiga diniy adabiyotlaming olib kirilishini tartibga soladi.
  • www.arxiv.uz

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: 2001 yil.
  • Karimov I.A “ O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” T., “Uzbekiston” 1997 yil.
  • Azizov A. Islom va xozirgi zamon. T., 1992 yil.
  • Karimov I.A. O’zbekistonning uz istiqlol va taraqqiyot yo’li. T., “O’zbekiston” , 1992 yil.
  • Karimov I.A Ollox kalbimizda, yuragimizda. T.,
  • www.arxiv.uz

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin