O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

 
Nazorat uchun savollar:
1. Muxandis xodimining ijtimoiy ongi va uning asosiy funktsiyalarini 
izohlang. 
2. Muxandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat qanday o‘rin tutadi? 
3. Kasbiy buzilishning sabablari va ularni hal etish yo‘llari qanday? 
4. Kasbiy buzilishning oldini olish uchun nimalarga e‘tibor berish kerak? 
5. Professiografiya nima 
6. Muxandis xodimlar faoliyatiga psixologik tavsif. 
7. Muxandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat.
 


191 
VI- BOB. KASBLARNING PSIXOLOGIK TAVSIFI VA UNING 
MOHIYATI 
6.1. Kasb tushunchasining mohiyati 
Kasbshunoslik adabiyotida kasb tushunchasining tavsifi xilma-xil talqinda 
keltiriladi. Jumladan, kasb-maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma‘lum 
bir sohada kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun nazariy bilimlar majmuasini, 
amaliy ko‘nikma va malakalarni egallagan, unga jismoniy imkoniyat, aqliy 
qobiliyat va yuridik huquqlarni ta‘minlovchi insoniy mehnat faoliyatining 
(mashg‘ulotining) turidir. Lug‘aviy jihatdan kasb yoki - kasb qilmoq kabi so‘z va 
tushunchalar arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, (kasaba) fe‘lining o‘zagi hisoblanadi. 
Arab tilidagi kasaba so‘zi qo‘lga kiritmoq, ishlab topmoq, qozonmoq, biror ishni 
bajarmoq, qandaydir foyda-manfaatga erishmoq, yutuqqa ega bo‘lmoq kabi 
ma‘nolarni anglatadi. Kasb bir xil faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kishilarni 
birlashtiradi. Bu faoliyat ichida ma‘lum aloqalar va axloq normalari o‘rnatiladi. 
E.A.Klimov o‘z ishlarida kasb tushunchasiga quyidagicha ta‘rif beradi: ―Kasb - 
jamiyat uchun zarur va qadriyatli soha bo‘lib bunda insondan jismoniy va ruhiy 
kuch talab etadi‖ bu kuchlar unga sarflangan mehnat o‘rniga yashashi va 
rivojlanishi uchun muhim vositalar omili sifatida namoyon bo‘ladi. Bu ta‘rifni 
yanada batafsil yoritirib, kasb bu - kasbiy faoliyatning sifatli tarixiy rivojlanuvchi 
tizim va shaxsning o‘zini namoyon etish sohasi deb ta‘riflaydi.
V.G.Makushinning fikricha, kasb - bu shunday faoliyatki, uning yordamida 
shaxs jamiyat hayotida ishtirok etadi va uning yashashi uchun moddiy vositalar 
asosiy manbasi bo‘lib xizmat qiladi. Mavjud ta‘riflarni umumlashtirib, kasb 
tushunchasiga quyidagicha zamonaviy ta‘rif beramiz. Kasb mehnat faoliyatining 
paydo bo‘lgan shakli bo‘lib, texnika va texnologiyalarning rivojlanishi jarayonida 
mazmunan va shaklan o‘zgarib boradi, ularni bajarish uchun inson albatta ma‘lum 
kasbiy kompetentsiyalarga, maxsus qobiliyatlar va muhim kasbiy sifatlarga ega 
bo‘lishlari kerak.
Kasbshunoslik nazariyasida ―kasb‖ va ―mutaxassislik‖ tushunchalari 
farqlanadi. Kasb mutaxassislikka ko‘ra kengroq tushuncha bo‘lib, kasbiy 


192 
salohiyatida tashqari, uning muhim sifatlari - ijtimoiy - kasbiy salohiyat, kasbiy 
avtonomiya, o‘zini nazorat qilish, guruhli mezonlar va qobiliyatlar hisoblanadi. 
Kasb odatda yaqin mutaxassisliklar guruhini birlashtiradi. Masalan, kasb shifokor; 
mutaxassisliklar - terapevt, pediatr akulist, urolog, va hokazo. Kasb – muhandis; 
mutaxassisliklari - konstruktor, texnolog, metallurg va hokazolar.
Mutaxassislik - kasbiy ta‘lim, tayyorgarlik yo‘li bilan ish jarayonidagi maxsus 
bilimlar, ko‘nikma va malakalar komplektsi bo‘lib, ular u yoki bu kasb doirasida 
ma‘lum faoliyat turini bajarish uchun zaruriy hisoblanadi. Shunday qilib, 
mutaxassislik - kasb ichdagi kasbiy faoliyat turi bo‘lib, u shaxsiy yutuqlarga yoki 
o‘ziga xos vaziyatlar orqali umumiy natijalarga erishishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Kasb, mutaxassislik tushunchalari bilan bir qatorda ixtisoslik tushunchasi xam 
keng qo‘llaniladi. Ixtisoslik – birorta kasb doirasida ma‘lum bir faoliyat turi uchun 
maxsus tayyorgarlik va ish tajribalari bilan erishilgan zaruriy bilimlar, ko‘nikma va 
malakalar majmuasi.
Kasbga oid tadqiqotlarni yoritishda ―kasbiy shakllanish‖, ―kasbiy 
tayyorgarlik‖ kategoriyalarini tadqiq etish maqsadga muvofiq. Dastlab kasbiy 
shakllanish jarayonining pedagogik jihatlarini shaxs rivojlanish jarayonidan 
farqlab olishga e‘tibor qaratildi.
Birinchi holatda, kasbiy shakllanish shaxs rivojlanish shakllaridan biri, 
ikkinchidan esa, kasbiy shakllanish shaxsni rivojlantirish (mustaqil ta‘lim va o‘z-
o‘zini rivojlantirish jarayonlarida) vositasida sifatida qaraladi. Har ikki jihat 
o‘rtasida «bir butun - qism» ko‘rinishdagi tarbiya, ijtimoiylashuv kabilardan iborat. 
Kasbiy shakllanish uchun nafaqat muayyan kasbga yoki faoliyat sohasiga qiziqish, 
balki ushbu faoliyat turiga layoqatning mavjud bo‘lishi ham talab etiladi.
O‘rganilgan barcha metodik xarakterga ega bo‘lgan ilmiy izlanishlar va 
tadqiqotlarda kasbiy shakllanish ongli ravishda kasb tanlashda muhim ahamiyat 
kasb etishi ta‘kidlangan.
Ayrim mualliflar, shu jumladan, D.N.Arziqulov o‘quvchilarining kasbiy 
shakllanish jarayonini tabaqalashtirilgan ta‘lim tizimining tarkibiy qismi sifatida 
e‘tirof etadi. Ushbu tadqiqotlarda kasbiy yo‘naltirilganlikni shakllantirish 
maqsadida tabaqalashtirilgan ta‘limning tuzilmasi va mazmunini tashkillashtirish 


193 
muammolari, tabaqalashtirilgan ta‘limning kasb tanlash motivatsiyasiga ta‘siri 
qarab chiqilgan.
Kasbiy faoliyatning samaradorligini shartlaridan biri mutaxassisning kasbiy 
tayyorligi hisoblanadi. Kasbiy tayyorgarlik deganda uning ruhiyati va jismoniy 
sog‘lig‘i hamda holati, undagi mavjud sifatlarning bajarayotgan faoliyati 
talablariga mosligi darajasi tushuniladi. Mashhur rus psixologi K.K.Platonov 
mutaxassisning kasbiy tayyorligi bu o‘zining muayyan kasbiy faoliyatini 
bajarishga qodir va tayyorgarlik ko‘rgan deb hisoblovchi va uni bajarishga 
intiluvchi shaxsning sub‘ektiv holatidir - deb hisoblangan. Mutaxassisning kasbiy 
tayyorligi murakkab ko‘p darajali va ko‘rinishli tizimli psixik shaklga ega bo‘lib, 
birinchi navbatda odamning shaxsiy ko‘rinishi asosiy o‘rin egallaydi. Shu bilan 
birga, kasbiy tayyorgarlik mutaxassisda kerakli darajada jismoniy sog‘liqni kasbiy 
faoliyat uchun zarur bo‘lgan jismoniy sifatlar shakllanganligi va rivojlanganligini 
talab qiladi. Chunki har qanday kasbiy faoliyat insonning qandaydir kuch jismoniy 
energiya sarflashini ko‘zda tutadi. Mutaxassisning kasbiy tayyorgarligida ikkita 
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tomonlarni ko‘rsatish maqsadga muvofiq. Bu o‘zaro bog‘liq 
tomonlar psixologlar M.I.Dyachenko va A.M.Stolyarenkolar tomonidan ishlab 
chiqilgan bo‘lib ular quyidagilardan iborat: 
1. Shaxsning kasbiy faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi mutaxassisning 
bu tayyorligi quyidagilardan iborat bo‘ladi, ya‘ni, statik komponentlar kasbiy 
faoliyatning psixik asoslari, bilim, ko‘nikma, malakalar kasb uchun muhim 
hisoblangan, shaxsning sifatlari uning munosabati, mazmun va qadriyatlari, 
afzalliklari hamda umuman shaxsning zarur bo‘lgan kasbiy imkoniyatlari darajasi;
2. Shaxsning kasbiy faoliyatga bevosita ayni vaqtdagi tayyorligi. 
Mutaxassisning kasbiy tayyorligining ushbu tomoni tezkorligi, o‘zgaruvchanligi, 
har qanday holat va sharoitda aniq masalalarni echish, mutaxassisning ruhiy va 
jismoniy holati, jamoadagi ma‘naviy psixologik muhitga bog‘liqligi bilan 
ifodalanadi. 
Mutaxassisning 
bevosita 
psixologik 
tayyorgarligi 
dastlabki 
tayyorgarlikni faollashtirish natijasi sifatida ishtirok etadi. Mutaxassisning kasbiy 
faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi bevosita ayni vaqtdagi tayyorligining 
asosi hisoblanadi.


194 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin