183
tushirish samaradorligini oshiradi, mantiqiy fikrlash va ijodiy tasavvurlarini
rivojlantiradi.
Turli toifadagi fuqarolar bilan psixologik aloqa o‟rnatish uquv mahorati
hamda ko‟nikmalarini takomillashtirish va rivojlantirish.
Psixologik tayyorgarlik
davomida xodimlar psixologik aloqa o‘rnatish usullari va yo‘llari
tizimini
egallashlari kerak. Ularda notanish kishilar bilan tezda aloqa o‘rnatish va ularni
o‘ziga moyil qilish, odamlarning fikrini eshita olish, muloqot jarayonida
psixologik to‘siqlarni enga olish mahorati shakllangan bo‘lishi kerak. Psixologik
tayyorgarlik xodimlarning psixologik aloqa o‘rnatish jarayonini engillashtirishga
imkon beruvchi muayyan qoidalarni o‘zlashtirishlarini taqozo etadi.
Hamkasblar bilan muloqotga kirishishning murakkab, nizoli vaziyatlarida
ta‟sir etishning psixologik usullarini qo‟llash mahoratini takomillashtirish.
X
odimlarda nizoli vaziyatni bartaraf etish mahoratini shakllantirish, ularga
nizolarni hal qilish usullarini o‘rgatish juda muhim. Xodimlar faoliyatining
samaradorligi ko‘p jihatdan odamlarga psixologik ta‘sir ko‘rsatishning ishontirish,
majburlash, rag‘batlantirish singari muayyan usullaridan mohirlik bilan
foydalanishlariga bog‘liq. Xodimlarda nizoli vaziyatda o‘zini tutish,
turli taktik
usullarini qo‘llash hamda nizoli vaziyatdan operativ maqsadda foydalanish
ko‘nikmalari ham shakllangan bo‘lishi kerak.
O‟zini tuta olish, psixologik barqarorlikni shakllantirish.
Xodimlar kundalik
amaliy ishlarida kasbiy harakatlarini bajarish sifatiga ta‘sir etishi mumkin bo‘lgan
ko‘plab noqulay psixologik holatlar ta‘siriga duch keladilar. Psixologik barqarorlik
xodimlarning salbiy holatlar ta‘siriga berilmaslik qobiliyatida namoyon bo‘ladigan
psixologik tayyorgarlikning muhim ko‘rsatkichlaridan biri sifatida qaraladi. Bu
o‘rinda xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida mazkur qiyinchiliklarni oldindan
ko‘rish qobiliyatini shakllantirish muhim. Psixologik barqa- rorlikning
shakllanganligi xodimlarga eng qiyin psixologik sharoitda o‘z vazifalarini
kamchiliksiz bajarishlariga yordam beradi.
Bunga mashqlar va amaliy
mashg‘ulotlar jarayonida og‘ir vaziyatlarni modellashtirish yo‘li bilan erishish
mumkin.
Shaxsning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlan- tirish, xodimlarga o‟zini
184
tutish va boshqarish usullarini o‟rga- tish.
Xodimlarning psixologik barqarorlik va
og‘ir vaziyatlarda o‘zini tuta bilish qobiliyati ularda mas‘uliyat, muvaffaqiyat-
sizlikka chidash, tavakkalga moyillik va barqarorlik, o‘zini boshqara olish, sobitlik
kabi muayyan hissiy-irodaviy xislatlarni shakllantirishni taqozo etadi. Xodimlar
o‘z xatti-harakatlari va his-tuyg‘ularini nazorat qilish va boshqarish olishlari shart.
Ular mashg‘ulot va mashqlar jarayonida o‘zlarini boshqarish, asabiy zo‘riqishni
yo‘qotish, ichki imkoniyatlarni qo‘yilgan vazifani bajarishga safarbar qilish
usullarini egallashlari kerak.
Irodaviy faollik va irodaviy harakat ko‟nikmalarini shakllantirish. Ish
faoliyatida
qiyinchiliklar va to‘siqlarga duch keladilar.
Bunday vaziyatlarda ular
ushbu qiyinchilik va to‘siqlarni engishga undovchi irodaviy faollikni namoyish
etishlariga to‘g‘ri keladi. Irodaviy harakat ko‘nikmalarini rivojlantirishga
mashg‘ulotlar jarayonida qo‘yilgan vazifani bajarishga to‘sqinlik qiluvchi
muayyan elementlar, to‘siqlar kiritish yordam beradi. Bunday mashqlar jarayonida
to‘plangan irodaviy faollik tajribasi shaxs irodasini, irodaviy xislatlarini
rivojlantirishga ta‘sir etadi.
Ishdagi ruhiy zo‟riqishlarga tayyorlik.
Muxandis
xodimlar
faoliyatiga xos
xususiyatlardan biri shundaki, ta‘sir etuvchi omillar ko‘pincha stress holatini
keltirib chiqaradi, asab tizimiga haddan tashqari katta og‘irlik tushadi. Bu, o‘z
navbatida, ular amalga oshiradigan faoliyat samaradorligiga katta ta‘sir ko‘rsatadi.
Shu bois xodimlar ushbu jarayonlar kechishining asosiy qonuniyatlari hamda qisqa
vaqt ichida ish qobiliyatini tiklash va ortiqcha asabiy zo‘riqishni bartaraf etishga
yordam beradigan usullar (psixologik boshqaruv mashqlarini bajarish usullari)
bilan tanish bo‘lishlari lozim.
Turli kasblarning psixologik tuzilishida bilish faoliyati turli mazmunga ega
bo‘lishi mumkin. Bu bilish faoliyatining o‘ziga
xosligini belgilab beruvchi
maqsad, ob‘ekt, sharoit va usullarga bog‘liq. Ichki ishlar organlari faoliyatdagi
bilish jarayoni ham o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi.
Bularning hammasi xodimlarda kasbiy jihatdan muhim bo‘lgan va bilishning
samaradorligini ta‘minlaydigan xislatlarni rivojlantirish zaruratini keltirib
chiqaradi. Muxandis xodimlarda bilish xislatlarini shakllantirish va rivojlantirishda
185
maxsus trening katta ahamiyat kasb etadi. Trening jarayonida mazkur xislatlar
rivojlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: