O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

bilish xususiyati 
xosdir. Bu esa turli xil qiyinchiliklarni, fikriy vazifalarni turlicha hal qilishnigina 
emas, balki ushbu qarorlarni amalga oshirishni tashkil etishni ham talab etadi. Shu 
nuqtai nazardan muxandis xodimlarining kasbiy faoliyatida quyidagi asosiy 
psixologik tizimlar mavjud: 
bilish faoliyati, konstruktiv, tashkilotchilik va 
kommunikativ faoliyat. 
Albatta, xodimlarning amaldagi faoliyatida ushbu tarkibiy 
qismlarning har biri sof holda uchramaydi, ularning hammasi uzviy birlikda 
namoyon bo‘ladi. 
Xodim kasbiy faoliyatining asosiy psixologik xususiyatlari va tarkibiy 
elementlarini ko‘rib chiqish ham uning faoliyati qanchalik murakkab va 
serqirraligidan dalolat beradi. Kasbiy faoliyat xodimga ko‘plab turli xil talablar 
qo‘yadi, ular orasida eng muhimlaridan biri — 
shaxsda kasbiy muhim 
xislatlarning rivojlanganlik darajasi bo‟lib, 
ular quyidagilardan iborat: 
– 
xodim shaxsiga xos xislatlarning kasbiy-psixologik yo‘nal- ganligi; 

xodimning psixologik tayyorgarligi; 

rivojlangan irodaviy xislatlar; 

noodatiy vaziyatlarda o‘zini tuta bilish, jasurlik, mardlik, oqilona 
tavakkalga moyillik; 

yaxshi rivojlangan kommunikativlik; 

turli toifadagi shaxslar bilan tezda aloqaga kirisha olish, ishonchli 


180 
munosabatlar o‘rnata olish va sir saqlay olish; 

turli tezkor xizmat vazifalarini bajarishda odamlarga psixologik ta‘sir 
ko‘rsata olish qobiliyati; 

rolga, boshqa qiyofaga kira olish; 

rivojlangan, kasbiy jihatdan muhim bilish xislatlari: kuzatuvchanlik va 
diqqatlilik, rivojlangan xotira, ijodiy tasavvur; 

rivojlangan mantiqiy tafakkur, murakkab aqliy ishga moyillik, farosat, 
rivojlangan intuitsiya; 

ziyraklik, murakkab vaziyatdan chiqib keta olish. 
Ushbu xislatlar insonga avvaldan xos emas. Ularni shakl- lantirish va 
rivojlantirish davomli va qiyin jarayon, ammo u ichki ishlar organlari xodimining 
kasbiy shakllanishi uchun zarur va shartdir. 
Ushbu xislatlarning xodim shaxsida bo‘lmasligi yoki etarli rivojlanmaganligi 
uning o‘z funktsional vazifalarini to‘g‘ri va aniq bajarishiga xalaqit beradi
shaxsning o‘z kasbiga moslasha olmasligi va kasbiy buzilishiga olib keladi. Shu 
bois ham xodimlarda ushbu xislatlarni shakllantirishga xizmat qiladigan kasbiy-
psixologik tayyorgarlik katta ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin