248
2-§. Diskriptorli grafika
.
O’quv modullari
Diskreptorli grafika, grafik parametrlari, Edit Plot-grafikni
tahrirlash, Zoom Out-grafik masshtabini kichiklashtirish.
Diskreptorli grafika bilan tanishishdan avval, grafik ustida bajarilishi mumkin
bo’lgan ba’zi yordamchi tushunchalarni o’rganamiz. Bulardan biri grafik chiziqlarni
markerlash va formatlashtirishdir. Dekart tekisligida kursorni chiziq ustiga qo’yib
sichqonchani chap tugmasini bosilsa, chiziq ustida uni xarakterlovchi qora
kvadratchalar hosil bo’ladi va chiziq alohida ko’rinishga ega bo’ladi.
Ma’lumki, dekart tekisligida grafik chiziqlari berilgan (x,y) juftlik nuqtalarni mos
oraliqdagi o’rinlarni tutashtirish natijasida hosil qilinadi.
Shu nuqtalar har xil belgilar (markerlar) bilan belgilanishi mukin.
Masalan, bu belgilar “o,*,x” va boshqalar bo’lishi mukin. Grafik chiziqlar ustida
markerlarni hosil qilganda ularni o’lchamlarini, rangini berish mumkin bo’ladi.
Grafik chiziqlarda markerlarni ishlatish ularni alohida ajratib, ko’rinarliroq bo’lishini
ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: