O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə68/70
tarix05.12.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#173383
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

Baholash shakli


Baho


Bitta savolga ajratilgan baho miqdorini belgilovchi talablar


Oraliq nazoratni baholash.
Og’zaki savol-javob orqali nazorat olish uchun o’tilgan mavzular yuzasidan 10-50 tagacha savollar ishtirokida hamda 3 tadan savolli variantlar tuziladi.



5” - A’lo


  • O’qituvchining fan yuzasidan tuzgan savolnomasidan har bir talaba uchun tayyorlangan savol variantlari tuziladi. Unda 3-5 gacha savol bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Talaba og’zaki va yozma savollarning mohiyatini tushunishi, tasavvurga ega bo’lishi, bilishi bilan birgalikda savol mazmunini ilmiy ma’lumotlar asosida yoritib bera olishi kerak. Talabaning bayoni aniq, nutqi ravon, mustaqil fikrlab, izchillik bilan, ilmiy terminlarga ijodiy yondoshgan holda javob berishi kerak. Ma’lumotlarni taqqoslab aniq xulosalar chiqara olishi lozim. Talaba 3-5 ta og’zaki savolga ham shu mezon asosida javob bergan bo’lsa “5” baho qo’yiladi. Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatgichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar (keyingi o’rinlarda namunaviy mezonlar deb yuritiladi) tavsiya etiladi:“5” baho uchun talabaning bilim darajasi qo’yidagilarga javob berishi lozim:


  • xulosa va qaror qabul qilish: ijodiy fikrlay olish; mustaqil mushohada yurita olish;


  • olgan bilimlarni amalda qo’llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish;


  • tasavvurga ega bo’lish.



4”- Yaxshi

  • Og’zaki va yozma savollar yuzasidan tasavvurga ega bo’lishi, mohiyatini tushuna olishi, ilmiy ma’lumotlarni bilishi kerak. Mustaqil fikrlay oladi, lekin ma’lumotlarni taqqoslay olmaydi. Materialni bayon qilishda izchillikka rioya qilmaydi. Xulosalari sayoz, savol mazmunini umumlashtirishga qiynaladi. Talaba 3 ta savolga ham shu mezon asosida javob bergan bo’lsa “4” baho qo’yiladi. “4” baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim;


mustaqil mushohada yurita olish; olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;


mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo`lish.

3”-qoniqarli


  • Talaba og’zaki va yozma savollar mohiyatinini tushunadi, tasavvurga ega, lekin savolga javob berishda izchillikka rioya qilmaydi. Ilmiy ma’lumotlarni qisman biladi. Mustaqil mushohada yurita olmaydi. Savol mazmunini qisman bayon qilib beradi. Xulosa chiqara olmaydi. Ilmiy terminlarni izohlay olmaydi. Talaba shu mezon asosida javob bergan bo’lsa “3” baho qo’yiladi. “3” baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim;


  • mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo’lish.



2”- qoniqarsiz


Talaba og’zaki savollar mohiyatini tushunmasa, ilmiy ma’lumotlarni bayon etishda qo’pol xatoliklarga yo’l qo’yilsa, ma’lumotlar asosida mustaqil fikr umuman yoritilganmagan Savol mazmunini tushunmaydi. Bilim va tasavvurga ega emas. Javob bera olmaydi. Talabaga “2” baho qo’yiladi.






Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin