4ning qanday munosabatda ekanligiham aniqlanadi.
Demak, bu yerdagi 4 4=8-4 ga mos bo’ladi.
Endi mana bunday holatini qaraymiz.
14
X+5=9 Bunda ham oldin 1ni qo’yib ko’ramiz. 1nidarcha o’rniga qo’ganimizda
tenglik noto’g’ri chiqadi 2ni qo’yib ko’ramiz, bunda ham tenglik noto’g’ri
chunki 2+5=7.
3ham shu tartibda qo’yib ko’riladi. U ham qanoatlatirmaydi. 4ni qo’yib
ko’ramiz 4yechim bo’la oladi, chunki 4+5=9 bo’ladi. Bunda ham tanlash
yordamida topilga 4qanday munosabatda ekanligi aniqlanadi.
Demak, ko’rinib turibdiki bu yerdagi 4ham 4=9-5 ifodaga mos keladi.
Boshlang’ich sinflarda tenglamalarni kiritishga tayyorgarlik jarayoni har bir
amal uchun 2xilholatda qaraladi.
Qo’shish amali uchun:
1. x+a=b, x-qo’shiluvchi, a- qo’shiluvchi, b- yig’indi
Menda bir nechtadaftar bor edi. Umidjon menga 3ta daftar berganidan
keyin daftarlarim 7ta bo’ldi. Oldin menda nechta daftar bor edi?
x+3=7
x=7-3
x=4
2-usuli
3+x=7
x=7-3
x=4
Ayirish amali uchun
3)x-a=b
x=b+a
Ertalab do’konga bir nechta qop shaker olib kelindi. Tushgacha 8qop shakar
sotildi, yana sotiladigan 4qop shakar qoldi. Ertalab do’konga nechta qop shakar
olib kelingan?
Masala shartidan quyidagi tenglamani tuzamiz.
x-8=4
15
x=4+8
x=12
2-misol Ertalab do’konga 12qop shakar keldi, tushgach bir nechasi sotildi.
Sotilgandan so’ng 4ta qop qoldi. Nechta qop shakar sotilgan?
12-x=4
x=12-4
x=8
Ko’paytirish amali uchun
5)x*a=b
x= b:a
Bog’ga bir necha tub o’rik ekildi va shaftoli ko’chati ham o’tkazildi. Har bir
qatorda 5tadan ekildi. O’tkazib bo’lingandan so’ng ko’chatlar soni 15ta bo’ldi.
Bog’ga nechta qator ko’chat ekilgan?
x*5=15
x=15:5
x=3
6) Bog’ga 3qator o’rik vashaftoli ko’chati o’tkazildi. Bog’ga hammasi
bo’lib15tub ko’chat ekildi.Unda har bir qatorga nechta tub ko’chat ekilgan.
3*x=15
x=15:3
x=5
Bo’lish amali uchun
7) x:a=b
x=b*a
Qutida birnechta qalam bor edi. Uni 6ta bolaga 2tadan bo’lib berishdi. Qutida
nechta qalam qoldi.
x:6=2
x=2*6
x=12
8)Qutida 12ta qalam bor , uni nechta bolaga 2tadan bo’lib berish mumkin?
16
12:x=2
x=12:2
x=6
Yuqorida biz tenglama tushunchasini kiritishga tayyorgarlik jarayonini 8ta
holatini o’rganib oldik.
Demak, boshlang’ich sinf matematika kursida tenglama tushunchasining
kiritilishi og’zaki mashqlar, darchali misollar orqali hamda yuqoridao’rgangan
8ta holat amalga oshiriladi.
Tenglama tushunchasini kiritish
Boshlang’ich sinf o’quvchilarning algebraik bilimlari va tushunchalarini
shakllantirishda ifoda, tenglama tushunchalarining o’rni nihoyatda kattadir.
O’quvchilar tomonidan ifoda, tenglamalar tuzish va ularni bajarishga oid
topshiriqlar takkurga yo’naltirilgan ijodiy mazmundagi topshiriq
ko’rinishlardan biridir. Bunday turga mansub topshiriqlarni :
a)tenglama tuzish
b)ifoda tuzish
d)tengsizlik tuzish kabilar ajratib tahlil qilinadi.
O’quvchilarning ifoda tuzishga oid tayyorgarlik ishlari 1-sinfning boshidan
boshlab yaxshi samara beradi. O’qituvchi o’quvchilarni 10 ichida sonlar
bilan tanishtirish davridayoq “raqam”, “qo’shish” yoki “ayirish” amallari
yozilgan kartochkalradanfoydalanib yig’indini, ayimani topishga doir
masalalar tuzishga ajratib boradi. 10 ichida qo’shish va ayirish mavzusini
o’rganish jarayonida qo’shish hamda ayirish amali komponentlari bilan
tanishayotgan davrda “yig’indi” ayirma iboralari ma’nolari anglab
olingach, o’quvchilarni sonlar , amal ishoralari yordamida sodda sonli
ifodalar tuzishga o’rgatib borish lozim . 5 va 2 sonlarning yig’indisini
toping.
O’quvchilarda ifoda tuzish malakasi shakllantirgandan so’ng ifoda tuzish
biroz murakkablashtiriladi. Endi ularda ifoda tuzish emas, balki noma’lum
qo’shiluvchini topsh, noma’lum kamayuvchini topish, noma’lum
17
ayriluvchini topish kabi murakkablashtirilgan ifodalarni tuzish masalalari
turadi.
Tenglama tuzish va uni yechishga tayyorgarlik ishlari 1-sinfdan
boshlanadi. “Nama’lum qo’shiluvchini topish , noma’lum kamayuvchini
topish kabi mavzularni o’rganish jarayonida 1-sinf o’quvchisida qo’shish va
ayirish amali hadlarni topish ko’nikmasi tarkib topadi. 20 va 100 ichidagi
sonlar uchun qo’shish va ayirish amallarihadlarini topishga doirtizmli olib
borilgan ishlar o’quvchilarning tenglama tushunchasini o’rganishga zamin
hozirlaydi.
1-sinf og’zaki mashqlardan tashqari darchali misollar ham tenglama
tushunchasining kiritilishiga asos bo’ladi.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni birinchi darjali bir noma’lumli
tenglamalarning ba’zi hillari yechishlari bilan tanishamiz. Birinchi
bosqichda tenglamalar bunday o’qiladi.
*+1=4 4ni hosil qilish uchun qanday songa 1ni qo’shish kerak?
9-*=7 7ni hosil qilish uchun 9dan qanchani ayirish kerak?
Asta sekinlik bilan o’rniga “noma’lum son” so’zini kiritamiz .
7+*=15, * - 9=6 ko’rinishidagi misollarni bunday o’qiymiz.
1. 7ga noma’lum sonni qo’shganda 15 ni hosil qilamiz.
2. Noma’lum sondan 9ni ayirganda 6ni hosil qildik, bu qanday son?
Har bir savolning javobi tanlash yo’li bilan yoki sonning tarkibi haqidagi bilim
asosida topiladi. II sinf Iichorakda tenglama, tushunchasi va x nomalum
kiritiladi. Ulardan biri “x” harfidir. Endi ifodalar tuzishdan “noma’lum son
tushunchasi o’rniga darchalarda tashqari x ni qo’yish qulayroq. Bunday yozuv
hosil bo’ladi: 5+x=8. Bunday yozuv matematikada tenglama
deyiladi.O’qituvchi o’quvchilarga aniq tushuntirish maqsadida bu tenglamani
plaqatda ifodalaydi.
5+x=8 Tenglama
Tenglama tushunchasini mustahkamlash uchun mashqlar beriladi.
18
Tenglamalarni ham misollar kabi yechish kerak. Tenglamani yechish shunday
sonni topish degan so’zki, uni berilga tenglamaga qo’yilganida to’g’ri tenglik
hosil bo’ladi. Yechish og’zaki yechish yo’li bilan amalga oshiriladi. 2-sinfning
II choragida n boshlab o’quvchi tenglama tushunchasi bilan tanishadi. 2-sinf
Matematikasida tenglama tusunchasining oshkormas ta’rifi keltirilgan.
Tenglama yechishimiz : tenglik to’g’ri bo’lishi uchun x ning o’rniga qanday
sonni qo’yish kerakligini bilib olamiz. Tenglama bunday yechiladi.
X +3=11
X=11-3
X=8 8+3=11
2-sinf matematika darsligi (o’quvchi nashiriyoti- matbaa ijodiy uyi Toshkent
2010) da tenglama tushunchasi
“Yuz ichida xonadan o’tish bilan qo’shish va ayirish “ mavzusining 288-
misolida quyidagich kiritilgan.
10-x=4,
x=10-4,
x=6 10-6=4
302.Tenglamalarni yechish va to’g’ri yechilgaligini tekshiring
18-x=10 13-x=7
Namuna: 12-x=5
x=12-5
x=7 12-7=5
395. tenglamani namunada berilganday yeching.
x-21=44 56+x=100 78-x=52
19
Namuna: x -18=22
x=22+18
x =40 40-18=22
Tenglamani yeching
2*x=6 3*x=9
x=6:2 x=9:3
x =3 x =3
2*3=6 3*3=9
2*x=14 x*2=10 x+2=10
x=14:2 x=10:2 x=10-2
x=7 x=5 x=8
2*7=14 5*2=10 8+2=10
Boshlang’ich sinflarda qaralgan tenglamalardan eng murakkablari shundaki,
noma’lum son yig’indi,ayirma, ko’paytma yoki bo’linma bilan ifodalangan
komponentlardan biri tarkibiga kiradi.O’quvchilarning murakkabroq
tenglamalarni yechishdagi taxminiy mulohazani keltiramiz.
1) x:4+190=270 tenglama yechiladi.
Tenglamanining chap qismi x:4+190 ifodadan iborat.Tenglamani yechilishi
tahminan mana bunday munosabatlarda olib boriladi.
Birinchi qo’shiluvchi (190) va yig’indi (270) ma’lum, noma’lum son
birinchi qo’shiluvchi tarkibiga kiradi.Birinchi qo’shiluvchini topish uchun
yig’indidan ikkinchi qo’shiluvchini ayirish kerak.
x:4+190=270 x: 4=270-190 x:4=80 x=80*4 x=320
ga teng bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |