Yadroning bog’lanish energiyasi. Yadro reaksiyalari. 1 . 13Al27 alyuminiy yadrosi 0n1 neytron bilan bombardimon qilinganda hosil bo’lgan zarrachalarning Vilson kamerasida qoldirgan izi 70.1-rasmda tasvirlangan. Bu reaksiyada α-zarracha otilib chiqqan. Rasmdagi 1 va 2 izlar qaysi elementning yadrolariga tegishli? Nima uchun neytronning izi ko’rinmaydi?
2. 81Tl210 Talliy izotopi yadrosi uch karra ketma-ket β-parchalanishdan va bir karra α-parchalanishdan keyin qanday element yadrosiga aylandi? Parchalanish reaksiyasi tenglamasini tuzing.
3. Radioaktiv izotoplarda protonlarga qaraganda neytronlar ko’p (N>Z) bo’lgan yadrolar elektron (-1e0) li, yani β—radioaktivlikka, neytronlariga qaraganda protonlari ko’p (Z>N) bo’lgan yadrolar pozitron ega bo’ladi. Quyidagi elementlar izotoplarining yadrolari: 6C106C137N13 12Mg27 14Si2715P32 dan qaysilari elektronli va qaysilari pozitronli radioaktivlikka ega?
4. Yadro reaksiyalari yadroni bombardimon qiluvchi zarracha turiga ko’ra tavsiflanadi (klassifikatsiyalanadi). Quyidagi reaksiyalarning har birida bombardimon qiluvchi qanday zarrachalar ishlatilgan:
7N14 + ? → 8O17 + 1H1, 7N14 + ? → 8O15 + hvγ;
7N14 + ? → 5B10 + 2He4 ?
5. 86Rn22 Radioaktiv radonning N0=106 ta atomidan Δt = 1 sutka davomida ΔN=1,75*105 tasi parchalangan bo’lsa, uning yarim parchalanish davrini toping.
6. Uranning 92U238 izotopi radioaktiv parchalanishlar natijasida qo’rg’oshinning 82P206 izotopiga aylanadi. Bu reaksiyalardagi α- va β-parchalanishlar sonini toping.
7. nα=4 ta α-parchalanish va nβ=2 ta β-parchalanishdan so’ng Th232 dan qanday izotop hosil bo’ladi?
8. Borning 5B11 izotopi yadrosining massa defekti ΔM ni va bog’lanish energiyasini toping. Uglerod birligida borning 5B11 izotopi atomining massasi Ma=11,00931 m. a. b. vodorod atmining massasi mH=1,00783 m. a. b. neytronning massasi mn=1,00867 m. a. b., massasining atom birligi esa m0=1 m. a. b.=1,66*10-27 kg va unga mos kelgan energiya W0=931 MeV m. a. b.=1,66*10-27 kg.
9. Quyidagi yadro reaksiyasi energiyasi Q ni toping.
4Be9 + 2He4 → 6C12 + 0n1 .
Bu reaksiyadagi zarrachalarning massalari mos ravishda MBe=9,01218 m. a. b.; Me=4,00260 m. a. b.; MC=12,00000 m. a. b. mn=1,00867 m. a. b. mH=1,00783 m. a. b. Massaning atom birligiga mos kelgan energiya esa W0=981 MeV/m. a. b. ni tashkil qiladi, Bu qanday reaksiya?
10. Quyidagi termoyadro reaksiyasida ajraladigan energiyani toping.
1D2 + 1T3 → 2He4 + 0n1.
Bu reaksiyadagi zarrachalarning massalari mos ravishda MD=2,01420 m. a. b. MT=3,01605 m. a. b. MHe=4,00260 m. a. b. mn=1,00867 m. a. b. bo’lib, Massaning atom birligiga mos kelgan energiya esa W0=981 MeV/m. a. b.
11. Yulduzlarda sodir bo’ladigan termoyadro (sintez) reaksiyasida mH=50000 kg vodorod mHe=49644 kg geliyga aylanganda ajraladigan energiyani toping. Yorug’likning tarqalish tezligi c=3*108 m/s.
12. ВВЭР = 440 tipidagi suv reaktori har birining quvvati Nel=220 MVt dan bo’lgan ikkita (n=2) turbogeneratorni harakatga keltiradi. Agar har t = 1 oyda m= 44,55 kg uranning 92U235 izotopi sarflansa, generatorning FIK ni toping. Uranning molyar massasi μ=235 kg/kmol, Avagadro soni NA=6,025*1026 kmol-1. Bitta 92U235 uran yadrosi bo’linganda ΔW0= 200 MeV energiya ajraladi.