Elektromagnit to’lqinlar. 1. v=0,4 MGs chastotada ishlayotgan radiostansiya tarqatayotgan elektromagnit to’lqinning uzunligini toping. Elektromagnit to’lqinning tarqalish tezligi υ=3*108 m/s.
2. Tebranish konturidan nurlangan elektromagnit to’lqinning havodagi to’lqin uzunligi 300 m bo’lgan. Agar konturdagi g’altak induktivligi L=2,5 mGn bo’lsa, unga ulangan kondensatorning sig’imini toping. Konturning aktiv qarshiligini R=0 deb oling. Elektromagnit to’lqinning havoda tarqalish tezligi υ=3*103 m/s.
3. Kemalar halokatga uchraganda signallar xalqaro kelishuvga muvofiq λ=600 m to’lqin uzunlikda beriladi. Bu signalning chastotasini toping. Elektromagnit to’lqinning tarqalish tezligi υ=3*108 m/s.
4. Agar priyomnikning qabul konturidagi g’altakning induktivligi L=1,5 mGn bo’lib, kondensatorning sig’imi C1=75 pF dan C2=650 pF gacha o’zgarsa, priyomnikning ishlash diapozonining to’lqin uzunliklarini toping. Konturning aktiv qarshiligini hisobga olmang. Elektromagnit to’lqinning tarqalish tezligi υ=3*108 m/s.
5. Peredatchigi λ= 25 m to’lqin uzunlikda ishlaydigan radiostansiya chastotasi vt=400 Gs bo’lgan tovush signalini uzatsa, tovush tebranishining bir davriga joylashgan yuqori chastotali elektromagnit tebranishlar sonini toping. Elektromagnit to’lqinning tarqalish tezligi υ=3*108 m/s.
6. Radiolokator har sekundda n=4000 1/s impuls yuboradi. Uning ta’sir masofasini topilsin. Elektromagnit to’lqinning tarqalish tezligi υ=3*108 m/s.
7. Agar radiolokatorning ta’sir masofasi s=25 km bo’lsa, impulsning maksimal chastotasini toping. Elektromagnit to’lqinning tarqalish tezligi υ=3*108 m/s.
8. Agar radiolokatorning elektron nur trubkasida razvertka (yoyilish) vaqti 1,5 ms bo’lsa, uning ta’sir masofasini toping. Elektromagnit to’lqinning tarqalish tezligi υ=3*108 m/s.
9. Televizion eshittirishni eltuvchi ultraqisqa to’lqinning chastotasi v=50 mGs bo’lib, t = 40 ms da tasvirning N=50000 elementi uzatiladi. Impulsdan iborat bo’lgan har bir tasvir elementiga joylashgan ultraqisqa to’linlar sonini toping.
10. Radiolokator λ=15 sm li to’lqin uzunlikda ishlab har bir sekundda n=4000 1/s impuls chiqaradi. Agar impulsning davomiyligi τ = 0,2 mks bo’lsa, har bir impulsda joylashgan ultraqisqa to’lqinlar sonini va radiolokatorning ta’sir masofasini toping. Elektromagnit to’lqinning tarqalish tezligi υ=3*108 m/s.