Geometrik optika. Yorug’likni to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalishi. Soya va yarim soya. 1. Ancha uzoqda turgan, balandligi h=7 m bo’lgan simyog’ochning ko’rinish burchagi α=20 bo’lsa(Burchak kichik (yani, 50 gacha) bo’lganda sinus va tangenslarning ifodasi radianlarda ifodalangan burchakka tengdir), simyog’ochga bo’lgan masofani toping.
2. Oy diametrining ko’rinish burchagi α = 0,50, Yerdan oygacha bo’lgan masofa esa l=3,84*108 m bo’lsa, Oyning diametrini toping.
3. Quyosh yoritib turgan chinor soyasining uzunligi L=9 m, balandligi h=2 m, vertikal yog’och soyasining uzunligi esa l=1,2 m bo’lsa, chinorning balandligini toping.
4. Agar Quyosh va Yerning radiuslari mos ravishda R=6,95*108 m va r = 6,37*106 m hamda Yerdan Quyoshgacha bo’lgan masofa L=1,5*1011 m bo’lsa, Yer shari soyasidan hosil bo’ladigan konus o’qining uzunligini toping.
5. Bo’yi h=1,6 m bo’lgan bola chiroq tomonga υ=1 m/s tezlik bilan yaqinlashib bormoqda. Ma’lum vaqt momentida bola soyasining uzunligi l1=2 m bo’lib, t = 2 s vaqt o’tgandan keyin esa soyasining uzunligi l2=1,6 m bo’lgan. Chiroq osilgan balandlikni toping.
6. Agar yorug’lik Yerdan Oygacha bo’lgan s=3,84*105 km masofani t = 1,28 s vaqtda o’tsa, yorug’likning tezligini toping.
7. Agar Quyoshdan Yergacha bo’lgan masofa s= 1,5*108 km bo’lsa, yorug’likning Quyoshdan Yerga yetib kelish vaqtini toping. Yorug’likning tarqalish tezligi υ=3*108 m/s.
8. Astronomiyada yulduzlar orasidagi masofani “Yorug’lik yili” birligida o’lchash qabul qilingan. “Yorug’lik yili” deb yorug’lik nurining t = 1 yil ichida bosib o’tgan yo’liga aytiladi.
9. Ko’zga ko’rinadigan Andromeda tumanligi bizdan t = 9*105 yorug’lik yili masofada bo’lsa, bu masofani kilometr hisobida ifodalang. Yorug’likning tarqalish tezligi υ=3*108 m/s.
Yassi ko’zgu va unda tasvir yasash. 1. Yassi ko’zgu φ=270 burchakka burilganda ko’zgudan qaytuvchi nur qanday burchakka buriladi?
2. Yassi ko’zguga yorug’lik nuri α1=220 burchak ostida tushmoqda. Agar tushgan nurning holati o’zgartirilmasdan, ko’zgu burilganda nurning tushish burchagi α=360 bo’lib qolsa, qaytgan nur qanday burchakka buriladi?
3. O’zaro α=1200 burchak hosil qilgan ikki ko’zgu orasidagi nuqtadan hosil bo’lgan tasvirlar sonini toping. Kerakli chizmani chizing.
4. Bir-biriga parallel o’rnatilgan (α=00) ikkita ko’zguda hosil bo’ladigan tasvirlar soni nimaga teng?
5. Agar quduq tubini Quyosh nuri bilan yoritish uchun ko’zgu vertikalga nisbatan φ=250 burchakjoylashtirilgan bo’lsa, Quyoshning gorizontga nisbatan burchak balandligini toping. Kerakli chizmani chizing.
6. Gorizontga nisbatan burchagiy balandligi γ=600 bo’lgan Quyoshning nuri bilan quduqning tubini yoritish uchun nurni qaytaruvchi ko’zguni vertikalga nisbatan qanday φ burchak ostida joylashtirish kerak? Kerakli chizmani chizing.
7. O’zaro α=600 burchak tashkil qiluvchi ikkita yassi ko’zgu orasiga ularning kesishish chizig’idan d=8 sm masofada va har qaysi ko’zgudan bir xil uzoqlikda S nuqtaviy yorug’lik manbai joylashtirilgan. S nuqtaning ko’zgulardagi tasvirini chizing va hosil bo’lgan mavxum tasvirlar orasidagi masofani toping.
8. Gorizontal tarqalayotgan nurning yo’liga ko’zgu qo’yilganda nurning shu’lasi vertikal ekranda h=15 sm balandlikka tushgan (62.8-rasm). Agar ko’zgudan ekrangacha bo’lgan masofa l=60 sm bo’lsa, nurning tushish burchagini toping.
9. Ko’zguli galvanometrning shkalasi R= 2 m masofada joylashgan. Agar nur shu’lasi shkala markazidan l=50 sm masofaga siljigan bo’lsa, ko’zgu qanday burchakka burilgan?
10. O’zaro φ=300 burchak ostida tutashtirilgan ikkita ko’zguning biriga burchak qirrasiga perpendikulyar joylashgan tekislikda yotuvchi nur tushadi. Bu nurning ikkala ko’zgudan qaytgandan keyingi og’ish burchagini toping(62.10-rasm).