Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги-fayllar.org
2.2.Ohaktosh ishlab chiqarish texnologik sxemasi. Soda ishlab chiqarishda karbonat xomashyo kuydiradigan uchoqdan iloji boricha CO2 boyicha yuqori kontsentratsiyali gaz chiqishi lozim. Shu sababli nazarda uchoqdan chiqib ketayotgan gaz va CaO bilan issiqlik minimal ravishda yoqolishi kerak. Bu talabga yuqori darajada shaxtali uchoq javob beradi. Vertikal shaxta tepasida karbonat xomashyo bilan yoqilg`i (koks) beriladi, pastdan havo beriladi. Issiq gazlar uchoqning tepasiga chiqib sovuq shaxtani qizdiradilar, pastga tushgan yuqori temperaturadagi kal`tsiy oksid kirib kelayotgan havoni qizdiradi. Texnologik sxema 5 rasmda berilgan. Karbonat xomashyo uchoqlarga havoli kanat yol bilan vagonetkalarda (4) beriladi. Uchoqqa berishdan oldin har bir vagonetkaga dozator orqali yoqilg`i oshiriladi.
Tayyorlangan shixta maxsus yuklash mexanizm (5) yordamida uchoqqa (6) oshiriladi. Hosil bolgan kal`tsiy oksid mexanizm (9) orqali uchoqdan chiqariladi va transporterlar (7) yordamida bunkerlarga (8) beriladi. Uchoqdagi hosil bolgan gaz umumiy kollektorga (3) keladi. Sovutish va tozalanishi uchun gaz kollektordan yuvitgichga (2) beriladi va undan keyin elektrofil`trlarning skrubberli qismiga. Elektrofil`trning skrubber qismi yog`ochli namuna bilan toldirilgan boladi. Yuvitgichda gaz sovutiladi va yirik zarrachalardan tozalanadi. Bundan tashqari bu erda suv buglari ham kondensatsiya boladi. Elektrofil`trning skrubber qismida gaz mayda zarrachalardan (tuman) tozalanadi. Sovutilgan va tozalangan gaz kompressorlar orqali karbonizatsiya bolimiga oshiriladi.
Rasm – 2. Ohaktosh ishlab chiqarish texnologik sxemasi:
1–elektrofil`tr; 2 –gaz yuvgich; 3 – umumiy kollektor; 4 – vagonetka; 5 – yuklovchi mexanizm; 6 – ochoq; 7 – qovishli transporter; 8 – bunker; 9 – tukuvchi mexanizm.
Nazorat savollari
Karbonat xomashyoning tarkibida qanday moddalar bor?
Karbonat xomashyoni kuydirish jarayonida qanday kimyoviy reaktsiyalar otadi?
Karbonat xomashyo kuydirish jarayoniga qaysi faktorlar va kanday ta`sir qiladi?
Kuydirish jarayoniga magniy karbonat qanday ta`sir qiladi?