O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 107,29 Kb.
səhifə5/17
tarix26.12.2023
ölçüsü107,29 Kb.
#197460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги-fayllar.org

Ma`ruza3.Kalsiy gidroksid tayyorlashning fizik-kimyoviy asoslari
Reja:
  1. Kalsiy gidroksid tayyorlashning fizik-kimyoviy asoslari.


  2. Ohakli sut tayyorlashning texnologik sxemasi.




3.1.Kalsiy gidroksid tayyorlashning fizik-kimyo asoslari.
Kalsiy gidrooksid suv bilan kalsiy oksid stexnometr nisbatida reaktsiyaga kirishgan natijasida olinadi:
CaO+H2OCa(OH)2
Qattiq sochchiluvchan poroshok hosil boladi (pushonka) Ca(OH)2 suvda yaxshi erimaydi, temperatura oshishi bilan eruvchanligi kamayadi.
Suvda yaxshi erimagani uchun distillyatsiya bolimida Ca(OH)2 ning suspenziyasi qollaniladi. Ammoniy xlorid bilan reaktsiyaga oldin suvda erigan Ca(OH)2 kirishadi.
Ca(OH)2+2NH4ClCaCl2+2NH3+2H2O
Ca(OH)2 sarflanishi natijasida qattiq faza eritmaga ota boshlaydi. Natijada ammoniy xlorid parchalanish tezligi Ca(OH)2 ning erish tezligiga bog`liq bolib qoladi. Oz navbatida tezlik quyidagi gidrodinamik sharoitlarga ham bog`liq boladi: aralashtirish intensivligi, fazalar kontaktning yuzasi, Ca(OH)2 ning disperslik darajasi.
Ca(OH)2 ning disperslik darajasi oshishi bilan NH4Cl ning parchalanish tezligi oshadi, chunki Ca(OH)2 ning kop qismi erigan holda boladi. Bundan tashqari yuqori dispersli suspenziya qiyinroq qatlamlarga bolinadi va uni trubalar orqali transportirovka qilish engillashadi.
Suspenziyaning disperslik darajasi CaO ning suv bilan reaktsiyaga kirishi tezligiga bog`liq. Reaktsiya tezligi oshishi bilan Ca(OH)2 ning disperslik darajasi ham oshadi. Reaktsiyaga kirayotgan suvning tezligi ham Ca(OH)2 disperslik darajasi oshib boradi. Soda zavodlarida suv 60-800C temperatura bilan beriladi. Berilayotgan suvning miqdori reaktsiya tezligiga ta`sir qiladi va buning natijasida suspenziyaning disperslik darajasiga ham ta`sir kursatiladi . Agarda, 100% li Ca(OH)2 olinishiga tegishli miqdorda suv berilsa, 2-3 marta oshiqcha berilgan suv bilan Ca(OH)2 eritmasiga nisbatan hosil bolgan poroshokning disperslik darajasi pastroq bolishi kuzatiladi, chunki suv kop miqdorda berilganda reaktsiya tezligi yuqoridir. 100% Ca(OH)2 ning dispersligi kam bolgani uchun, uni distillyatsiya jarayonida qollab bolmaydi. Bundan tashqari 100% li Ca(OH)2 da har xil qoshimchalar bor., transportirovka va dozirovka qilish qiyinchilikga ega.
Soda zavodlarida iloji boricha Ca(OH)2 ning kontsentratsiyasini yuqori qilib tayyorlaydilar. Ammo lekin, suspenziyaning kontsentratsiyasi uning yopishqoqligi bilan chegaralangan. Temperatura oshishi bilan suspenziyaning yopishqoqligi kamayib boradi. Shuning uchun reaktsiya yuqori temperaturada otkazilsa, yuqori dispersli Ca(OH)2 olinishi mumkin.
Kalsiy gidroksid sifati kal`tsiy oksidning sifatiga bog`liqdir. Qoshimchalar (ayniqsa Al2O3, Ca(OH)2 ning yopishqoqligini oshiradilar. Karbonat xomashyoning kuydirish temperaturasi ham katta ahamiyatga egadir. Kuydirish temperaturasi qancha yuqori bolsa, shuncha ham CaO bilan suvning orasidagi reaktsiya tezligi sekinlashadi va Ca(OH)2 ning disperslik darajasi kamayadi.
3.2.Ohakli sut tayyorlashning texnologik sxemasi.
Kalsiy gidrooksid olish texnologik sxema 2 ta asosiy operatsiyadan iborat: kalsiy oksid bilan issiq suv orasidagi reaktsiya va gidrooksid kalsiyni kuymagan karbonat xomashyo xamda erimaydigan qoshimchalardan tozalash.
Kalsiy gidrooksid tayyorlash texnologik sxemasi 3 rasmda korsatilgan.
Ishchi bunkerdan (2) kalsiy oksid ta`minlovchi (1) yordamida aylanuvchi baraban-reaktoriga (3) beriladi. Bu erda bir vaqtda issiq suv va chiqindi kal`tsiy oksidini yuvgan suvlar beriladi. Reaktsiya natijasida baraban-reaktorda kal`tsiy gidrooksid hosil boladi. Uning tarkibida har hil olchamli qattiq aralashmalarning zarrachalari boladi. Undan keymn kalsiy gidrooksid sortlaydigan barabanga (5) kelib tushadi. Bu barabanda 40 mm teshiklar bilan elak joylashtirilgan. Barabanda kuymagan karbonat xomashyoning bolaklari (40 mm dan katta) ajratiladi. Barabanning oxirida bolaklar issiq suv bilan yuviladi va transporter orqali qayta kuydirilishiga uchoqqa yuboriladi. Sortlash baraban 2 ta trubali maxsus kojuxning ichiga ornatiladi. Bitta truba kondensatorga (4) boradi. Bu erda bug reaktsiyaga berilayotgan suvni isitadi. Ta`mirlash yoki kondensatorni tozalash vaqtida bugni chiqarish uchun ikkinchi truba atmosferaga chiqarilgan.
Olchami 40 mm dan kam bolgan zarrachalar bilan kal`tsiy gidrooksid 2 chi sortlash barabanga (7) keladi. Bu barabanga 2x10 mm olchamida aylanayotgan elak ornatilgan boladi. Bu erda olchami 2 mm dan kam bolgan zarrachalar kalsiy gidrooksiddan ajratiladi va kojuxning konusli kabuliga kelib tushadi. Undan keyin kalsiy gidrooksid klassifikatorda (14) oxirigacha aralashmalardan tozalanadi. Klassifikatorda chokkan shlam issiq suv bilan yuviladi va shlam aralashtirgichiga (15) beriladi.
Undan keyin shlam distillyatsiya bolimiga yuboriladi. Sortlash barabandagi (7) olchami 2 mmdan katta bolgan qattiq zarrachalar shnek (8) orqali sharli tegirmonga (9) beriladi. Tegirmonda maydalash bilan birgalikda gidrooksid kal`tsiy hosil bolish reaktsiyasi otadi. Tegirmonda hosil bolgan kam kontsentratsiyali kal`tsiy gidrooksid aralashmalar bilan birgalikda aralashtirgichga (10) beriladi va nasos orkali vibrogrokotga (11) yuboriladi. Vыbrogroxotdan chiqkan shlam aralashtirgichiga (13) beriladi, tozalangan kam kontsentrlangan Ca(OH)2 aralashtirgichga (12) yuboriladi, reaktorga yollanadi. Klassifikator va vыbrogrokotlardan chiqqan shlam aralashtirgiga (13) beriladi, unga suv qoshiladi va u nasos bilan chiqindi sifatida maxsus yig`gichga chikarib tashlanadi.

Rasm – 3. Ohakli sut tayyorlashning texnologik sxemasi:

1 – latokli tamirlovchi; 2 – ishchi bunker; 3 – kaltsiy gidroksid xosil bulish barabani; 4 – kondensator; 5 – yirik zarrachalar uchun sortlash baraban; 6 – transporter; 7 – mayda zarrachalar uchun sortlash barabani; 8 – shnek; 9 – hulli maydalash uchun sharli tegirmon; 10- tozalanmagan kuchsiz ohakli sut aralashtirgichi; 11- silkinuvchi elak; 12 – tozalangan kuchsiz ohakli sut aralashtirgich; 13 – chiqindi shlam aralashtirgichi; 14- saralagich; 15 – kontsentrlangan ohakli sut aralashtirgich.


Nazorat savollari

  1. Kalsiy gidrooksid hosil bolish reaktsiyasining xarakteristikasini bering.


  2. Ammoniy xloridni parchalash uchun qanday shakldagi Ca(OH)2 qollaniladi?


  3. Kalsiy gidrooksid olish reaktsiyasiga qanday faktorlar ta`sir qiladi?


  4. Kalsiy gidrooksid sifatiga aralashmalar qanday ta`sir qiladi?


  5. Kalsiy gidrooksid olishning printsipial texnologik sxemasi?




Tayanch sozlar va iboralar
Kalsiy oksid, suv, ammoniy xloridning parchalanishi, disperslik darajasi, reaktsiya tezligi, aralashmalarning ta`siri, karbonat xomashyoni kuydirish temperaturas, bunker, baraban-reaktor, sortlaщ baraban, aralashtirgich, nasos, klassifikator, vыbrogroxot, kam kontsentratsiyali kal`tsiy gidrooksid.


Yüklə 107,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin