12.4 - rasm. EPU – 1M – 2P elektr yuritmasining funksional sxemasi
343
Tiristorlarni boshqarish I.SH1–I.SH3 impulslarini shakllantiriladigan uch
kanalli IFBT yordamida amalga oshiriladi. Boshqaruvchi signal BQ boshqaruv
organi bilan shakllantiriladi R16, R17 va R19 o‘zgaruvchan rezistorlar yordamida
α
min
, α
maks
hamda α
nach
boshlang‘ich burchaklarni o‘rnatish amalga oshiriladi.
Boshqaruv impulslarini tiristorlarning bir guruhidan (OLD) ikkinchi guruhga
(ORQ) o‘tkazish mantiqiy tuzilma yordamida amalga oshiriladi. Bu mantiqiy
tuzilma HD ventillar o‘tkazuvchanligi datchiklarining bergan tok va signali
ishorasiga qarab ishlaydi. Tokning berilgan yo‘nalishidagi signali mantiqiy
qurilmaning chiziqsiz bo‘g‘ini NZ chiqishidan keladi NZ va EFO’ bo‘g‘inlar R14
rezistori bilan elektr yuritma uzlukli tok zonasida ishlaganda uning
xarakteristikalarini chiziqlashtiruvchi tuzilmani hosil qiladi.
BQ boshqaruv organining reverssiz sozlovchi xarakteristikali NZ chiqishiga
reversli tarzda moslashtirish uchun MQ mantiqiy tuzilma bilan boshqariladigan
(OLD va ORQ kalitlar) xarakteristikalar qayta ulagichi T.O’.(tavsif ozgartgich)
dan foydalaniladi.
Tezlik rostlagichi kirishida U
vaz
berilgan tezlik signali va tezlik bo‘yicha
teskari bog‘lanish signali solishtiriladi. Tezlikni qo‘lda sozlovchi potensiometrik
topshiriq beruvchi R1 o‘rniga bir muncha yuqori pog‘onaga ega bo‘lgan
avtomatlashtirilgan tizim kiritiladi. Masalan R.D.B. (raqamli dasturli tuzilma).
Berilgan sxemada tokni chegaralash R10 rezistor yordamida tezlikni
rostlagich chiqishi kuchlanishi cheklash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu bilan esa
tokni chegaralashning maksimal qiymati o‘rnatiladi. Tokni chegaralashning
bog‘liqli tuguni tezlikka bog‘liq holda tokni chegaralashning maksimal o‘rnatilgan
qiymatini pasaytirish uchun xizmat qiladi: tezlik qancha katta bo‘lsa, tok bo‘yicha
ortiqcha yuklanish shuncha kam bo‘ladi.
HB himoya bloki tezlik rostlagichi chiqishini va tiristorlardan boshqaruv
impulslarini yechishni blokirovka qiladi.
EPU – 2M seriyali elektr yuritmalar Cheboksar elektroapparat zavodida
ishlab chiqariladi.
|