202
2.
Yakordagi kuchlanishi qiymatining va oqibatda o‘zgarmas tok motori
quvvatining cheklanganligi. Bu esa ularni katta quvvatli yuqori tezlikli
yuritmalarda qo‘llashani cheklaydi.
3.
O‘zgarmas tok motorlari zo‘riqish qobiliyatining va yakor tokini
o‘zgartirish tempining cheklanganligi. Bu esa yuqori dinamik elektr
yuritmalar uchun salbiy ta’sir etadi.
Ventilli motorda yuqorida sanalgan kamchiliklar bo‘lmaydi, chunki bu yerda
cho‘tka – kontaktorli kommutator kontaktsiz kommutatorga almashtirilgan
va katta quvvatli yuritmalar uchun ularning tiristorli turlari kichik quvvatli
yuritmalar uchun (200 kW gacha) tranzistorli turlari ishlatiladi. Shunga
binoan konstruksiyasi sinxron mashina bazasida yaratilgan ventilli
motorlarni ko‘pincha kontaktsiz o‘zgarmas tok motorlari deyiladi. Ventilli
motor boshqarilishi bo‘yicha ham o‘zgarmas tok motorlariga o‘xshash, ya’ni
uning tezligi beriladigan o‘zgarmas kuchlanish qiymatini o‘zgartirish bilan
rostlanadi. Rostlash sifatlarining yaxshiligi ventilli motorlarni turli mashina
va mexanizmlarning yuritmalarida keng ko‘lamda ishlatish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: