27
Elektrmotordan mashinaning ishchi qismiga harakatni
uzatish uchun quyidagi
uzatma mexanizmlaridan foydalaniladi: reduktor,
transmissiya, tasmali uzatma,
arqonli uzatma, krivaship-shatunli mexanizm, vint-gayka uzatmasi va x.k.
(1.5 - rasm). Uzatish mexanizmi mexanizmga kirayotgan tezlikning, mexanizmdan
chiqayotgan tezlikka nisbati ko‘rinishidagi
uzatish koeffitsienti bilan
xarakterlanadi. Nasos, ventilyator kabi ba‘zi bir mashinalarda uzatish mexanizmi
bo‘lmaydi.
1.5 - rasm. Mexanik uzatish tuzilmalari: a- reduktor; b- tishli-reykali uzatma;
c- baraban- arqonli uzatma; d- krivoship-shatunli mexanizm;
e- tasmali uzatma; f- vintli uzatma; g- sharik-vintli uzatma.
O‘zgartiruvchi tuzilma elektr energiyasini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi.
Bu tuzilmalar elektr uzatmaning ba‘zi parametrlarini (tezlik, aylanish momenti)
o‘zgartirish (rostlash) uchun ishlatiladi. Masalan,
elektr yuritmalar elektr
tarmog‘idan 50gts chastotaga ega bo‘lgan 220, 380, 660, 6000 va 10 000 V
28
kuchlanish oladi. Ba‘zi ishchi qismlar uchun esa chastotani yoki tok kuchini yoki
kuchlanish turini (masalan o‘zgaruvchan kuchlanishdan o‘zgarmas kuchlanishga)
o‘zgartirish talab qilinadi. Bu holda mos ravishda chastotani o‘zgartirish uchun
chastota o‘zgartirgichlar, tok kuchini o‘zgartirish uchun
transformatorlar hamda
o‘zgarmas kuchlanish yoki tok kuchi olish uchun to‘g‘irlagichlardan foydalaniladi.
Odatda o‘zgartiruvchi qurilmalar rostlanuvchi elektr yuritmalarda qo‘llaniladi va
ular aksariyat holatlarda yarim o‘tkazgichli kuch elementlari – diod,
boshqariluvchi tristor va tranzistorlar asosida qurilgan bo‘ladi.
Elektr yurgizuvchi uzatuvchi va o‘zgartiruvchi qurilmalar elektr yuritmaning
elektrik qismidan (manba, o‘zgartirgich, elektrmotor) va mexanik qismi (siljuvchi
element, mexanik uzatma, mashina ishchi organi)dan iborat kuch kanalini tashkil
qiladi (1.6 - rasm).
Dostları ilə paylaş: