28
kuchlanish oladi. Ba‘zi ishchi qismlar uchun esa chastotani yoki tok kuchini yoki
kuchlanish turini (masalan o‘zgaruvchan kuchlanishdan o‘zgarmas kuchlanishga)
o‘zgartirish talab qilinadi. Bu holda mos ravishda chastotani o‘zgartirish uchun
chastota o‘zgartirgichlar, tok kuchini o‘zgartirish uchun transformatorlar hamda
o‘zgarmas kuchlanish yoki tok kuchi olish uchun to‘g‘irlagichlardan foydalaniladi.
Odatda o‘zgartiruvchi qurilmalar rostlanuvchi elektr yuritmalarda qo‘llaniladi va
ular aksariyat holatlarda yarim o‘tkazgichli kuch elementlari – diod,
boshqariluvchi tristor va tranzistorlar asosida qurilgan bo‘ladi.
Elektr yurgizuvchi uzatuvchi va o‘zgartiruvchi qurilmalar elektr yuritmaning
elektrik qismidan (manba, o‘zgartirgich, elektrmotor) va mexanik qismi (siljuvchi
element, mexanik uzatma, mashina ishchi organi)dan iborat kuch kanalini tashkil
qiladi (1.6 - rasm).
Dostları ilə paylaş: