2.6 - rasm. Elektr yuritma ish rejimlarining energetik diagrammasi Teskari ulanish rejimi (2.6 - rasm, d); bu rejimda mexanizmni
xarakatlantirayotgan motor teskari yo‘nalishda aylantiriladi. Bunda motor
tarmoqdan olayotgan energiya va valga ta‘sir qilayotgan tormozlanish mexanik
energiyasidan foydalaniladi. Bu energiyalar yigindisi motordagi energiya isroflar
va tizimga ulangan qarshiliklarga sarflanadi. Bu rejimda katta energiya isroflari
kuzatiladi.
Ba‘zan teskari ulanish rejimi yuk ko‘tarish mexanizmlari elektr
yuritmalarida yukni tushirish paytida tormozlanishni kuchaytirish uchun ishlatiladi.
Energetik diagrammalarni tahlil qilganimizda shuni inobatga olish kerakki,
agar tormozlanishda texnologik jarayon davom etayotgan bo‘lsa tormozlanishdan
hosil bo‘lgan kinetik energiyaning ma‘lum bir qismi foydali ishni bajarish uchun
yo‘naltiriladi.
45
2.3. Elektr yuritmaning harakat tenglamasi Mahkamlangan oqqa nisbatan aylanma harakatni amalga oshiruvchi
mexanik tizimga ikki turdagi moment ta‘sir qiladi: motordan hosil bo‘ladigan
aylanish momenti M va ishchi organdan hosil bo‘ladigan qarshilik momenti M
q
(2.7 - rasm)
M=M q yoki M-M q =0 (2.1)
bo‘lsa, bunda mexanik tizim turg’unlashgsn aylanish tezligi bilan harakatlanadi
(ω=ω
turg’.
) yoki tizim tinch holatda bo‘ladi (ω=0).
2.7 - rasm. Mahkamlangan o‘qqa nisbatan aylanma xarakatlanuvchi mexanik tizimga qo‘yilgan momentlar. Bu holat Nyuton mexanikasining birinchi qonuniga ya‘ni inertsiya qonuniga
to‘g‘ri keladi. Aylanma harakatdagi jismlar uchun u quyidagicha bo‘ladi:
mahkamlangan aylanish o‘qiga ega bo‘lgan jismlarga qo‘yilgan moment ularni o‘z
holatlaridan chiqarmagunga qadar ular tinch holatda yoki tekis aylanish holatida
bo‘ladilar.
,
(2.2)
ya‘ni , valga qo‘yilgan momentlar yig‘indisi nolga teng bo‘lsa, bu mexanik tizim
turg’unlashgan tezlik ω
turg.
bilan aylanadi ( yoki tinch holatda bo‘ladi).
Ilgarilanma harakat uchun esa o‘rnatilgan rejim formulasi quyidagicha
bo‘ladi:
,
ya‘ni , jismga qo‘yilgan kuchlar
vektor yig‘indisi nolga teng bo‘lsa, bu jism turg’unlashgan tezlik V
turg’
bilan
xarakat qiladi yoki tinch holatda bo‘ladi.
46
Xarakatga qarshilik momenti odatda statik moment deyiladi, chunki (2.2)
formulaga binoan bu moment elektr yuritmaning o‘rnatilgan rejimini belgilaydi.