2.1 - rasm. Aylanish momentining hosil qilinishi
Agar motor musbat yo‘nalishda aylanib motor rejimda ishlayotgan bo‘lsa,
bunda elektrmotor orqali hosil qilinadigan moment musbat bo‘ladi, va aksincha
motor teskari aylanib generator rejimida ishlasa manfiy moment yoki tormoz
momenti hosil bo‘ladi. Aylanish yo‘nalishi o‘zgartirilganda moment belgisi teskari
o‘zgaradi.
Motor momenti uning tezligiga bog‘liqdir. Dvigatel xosil qiladigan moment
bilan aylanish tezligining o‘zaro bog‘liqligi
M=f(ω)
elektr motorining mexanik
tavsifi ko‘rsatkichlarini belgilaydi. Bu munosabatlar
M –
ko‘rinishidagi
koordinatalarda quyidagicha namoyon bo‘ladi:
39
2.2 - rasm. M – koordinatalari
2.2 - rasmda ko‘rsatilganidek M va koordinata oqlari maydonni 4 ta
kvadrantga bo‘linadi. kvadrantda motorning ishlashi motor rejimda bo‘lib, uning
aylanish tezligi musbat ekanligi ko‘rinib turibdi. II kvadrantda esa tormoz
rejimidagi ishni ko‘ramiz. kvadrantda motor rejimda ishlaydi va aylanish tezligi
manfiy yo‘nalishda bo‘ladi. kvadratda tormoz rejimida ishlayotgan motor va
aylanish tezligining manfiy ekanligini ko‘ramiz.
Aksariyat hollarda
choraklardagi ish faoliyati bo‘yicha olingan
mexanik xarakteristikalardan foydalaniladi.
Mexanik xarakteristikani belgilovchi asosiy parametrlardan biri bikirlik
hisoblanadi.
=
(2.1)
40
2.3 - rasm. Mexanik xarakteristikalarning bikirligini aniqlash
Agar mexanik xarakteristika to‘g‘ri chiziqli bo‘lsa uning bikirligi o‘zgarmas
bo‘lib, mexanik xarakteristika chizig‘i va ordinata o‘qi orasidagi burchakning
arktangensiga tengdir. (2.3 - rasm 1-chiziq.)
Agar mexanik xarakteristika egri chiziqli bo‘lsa, uning bikirligi
o‘zgaruvchan bo‘lib, bikirligi aniqlanayotgan nuqtada o‘tkazilgan urinma chiziq
hamda ordinata orasidagi burchak arktangensiga teng bo‘ladi.(2.3 - rasm, A nuqta,
2-chiziq.)
Bikirlik
– motor valiga qo‘yilgan momentni qabul qila olish qobiliyatini
belgilaydi. 2.1 formuladan
Odatda moment oshirilgan sari aylanish tezligi pasayishga moyil bo‘ladi,
shuning uchun bikirlik manfiy ko‘rsatkichga ega bo‘ladi.
Agar tizimga
miqdordagi moment yuklanganda, aylanish tezligi kichik
miqdorga kamaysa bu mexanik xarakteristika bikir deyiladi. Agar tizimga
o‘sha
yuklamasi berilganda aylanish tezligi sezilarli darajada o‘zgarsa, bu
mexanik xarakteristika yumshoq deyiladi.
2.4
- rasmda aylanma xarakatli elektr motorlarning tabiiy mexanik
xarakteristikalari keltirilgan:
|