2.11 - rasm. Motor validagi tezlik va moment diagrammasi.
56
2.5
Takrorlash uchun nazorat savollari.
1.
Motor va ishchi mashinalarning mexanik xarakteristikalari nimalarni
anglatadi?
2.
Motor va ishchi mashinaning mexanik harakteristikalaridan foydalangan
holda, aniq rejimda ishlayotgan mashinaning tezligini qanday aniqlash
mumkin?
3.
Mexanik harakteristikalarning bikirligi (qattiqligi) nima va u nimani
aniqlaydi?
4.
Xarakatlantiruvchi rejimda ishlaydigan tizimninng harakteristikalari
mexanik xarakteristikalari M- ω maydonning qaysi kvadratida joylashadi?
5.
Sinxron motorning mexanik xarakteristikalari qanaqa bikirlikka ega bo‘ladi?
6.
Yuk ko‘taradigan mexanizmning mexanik harakteristikalari qanaqa
bikirlikka ega bo‘ladi?
7.
Elektr yuritmalar qanday tormozlanish rejimlarida ishlay oladi?
8.
O’rnatilgan rejimda ishlayotgan tizimda motor validagi umumiy (dinamik)
moment nimaga teng?
9.
Bikir (qattiq) mexanik tizimga ta’rif bering?
10.
Aylanish jismining inertsiya momentining o‘lcham birligi qanaqa?
11.
Agar mashinaning ishchi organi elektr motor vali bilan uzatma bo‘g‘inlari
orqali bog‘langan bo‘lsa, elektr yuritmaning harakat tenglamasidan
foydalanish uchun nima qilish kerak?
12.
Motor valiga statik momentni keltirish printsipi nima?
13.
Agar ishchi organ va motor orasida mexanik uzatma bo‘lsa, ishchi organ
inersiya momentini motor valiga keltirish uchun nima qilish kerak?
14.
Elektr yuritmaning noturg‘un harakati qanday holalarda yuz beradi?
15.
Qanday ishchi mashinalarda qarshilik momenti tezlikni kvadratiga
proporsional?
|