O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


 - rasm. Motorlarning tabiiy mexanik xarakteristikalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   182
2.4 - rasm. Motorlarning tabiiy mexanik xarakteristikalari. 
1.
 
Erkin qo‘zg‘aluvchili, o‘zgarmas tokli; 
2.
 
Ketma−ket qo‘zg‘atuvchili, o‘zgarmas tokli; 
3.
 
Asinxron; 
4.
 
 Sinxron. 
1-mustaqil qo‘zg‘alishli o‘zgarmas tok motori. Uning mexanik xarakteristikasi 
barcha nuqtalarda bir xil bo‘lib, yuqori bikirlikka ega. 
2-ketma−ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motori: bu mexanik xarakteristikaning 
bikirligi doimiy emas, u momentning kichik yuklamalarida kam bo‘lib, moment 
yuklamasi oshgan sayin oshib boradi. 
3-asinxron motor: uning mexanik xarakteristikasi ikki qismdan iborat:
Ishchi−manfiy ko‘rsatkichli o‘zgarmas yuqori bikirlik hamda egri chiziqli 
o‘zgaruvchan musbat ko‘rsatkichli bikirlik; 
Xarakteristikaning ikkinchi qismi faqatgina motorni yurgazish paytida kuzatiladi.
4-sinxron motor: u absolyut bikir bo‘lgan mexanik xarakteristikaga ega. 
2.4 - rasmda keltirilgan xarakteristikalar tabiiy xarakteristikalar deyiladi. Bu 
xarakteristikalar oddiy yurgazish sxemasiga, kuchlanish va manba chastotasining 
mo‘tadilligiga, motor chulg‘amlarida qo‘shimcha elementlarning bo‘lmagan 
holatlariga taalluqlidir. 


42 
Sun‘iy mexanik xarakteristikalar (rostlanuvchi) rostlash va boshqarish 
maqsadida manba kuchlanishi va boshqa parametrlari o‘zgartirilganda yoki motor 
chulg‘ami zanjiriga qarshilik va yarim o‘tkazgichli elementlar kiritilganda vujudga 
keladi. 
Mashina ishchi organida hosil qilinadigan xarakatga qarshilik qilish 
momenti M
q
o‘z navbatida tezlikning funksiyasiga aylanishi mumkin. 
Ishchi mashina validagi qarshilik momentining val aylanish tezligiga 
bog‘liqligi M
q
=f( ) ishchi mashinaning mexanik xarakteristikasi deyiladi. Bu 
ko‘rsatkich asosan M –
koordinata tizimining Ι kvadratida ko‘rsatiladi. 
2.5 - rasmda bir nechta ishchi mashinalarning mexanik xarakteristikalari 
ko‘rsatilgan. 1-xarakteristika qirquvchi ishchi organiga ega bo‘lgan mashinalarga 
taalluqli; agar kesgichda kesish qalinligi o‘zgarmas bo‘lsa, bu mashinaning 
qarshilik momenti uning tezligiga bog‘liq bo‘lmaydi. 2-xarakteristika asosan 
qarshilik momenti ishqalanish kuchiga bog‘liq bo‘lgan holatlarga taalluqli. Bunda 
ham qarshilik momenti tezlikka bog‘liq bo‘lmaydi, biroq mexanizmni yurgazish 
paytida tinch holatdagi ishqalanish kuchidan xosil bo‘ladigan moment, xarakatdagi 
ishqalanish kuchidan xosil bo‘ladigan momentdan ancha oshib ketishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin