O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


 - rasm. Mexanik kurak turidagi tog‘ ekskavatori



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   182
1.2 - rasm. Mexanik kurak turidagi tog‘ ekskavatori 
Ekskovatorning ishchi organi uning kurakli cho‘michi (1) hisoblanadi. 
Kurakli cho‘mich ōq (3)da sharnir bilan mahkamlangan suriluvchi dasta (2)ning 
uchiga qotirilgan. Tog‘ jinslarini sindirish va cho‘michni to‘ldirish bir vaqtning 
o‘zida ikki harakat orqali, ya‘ni dastaning surilishi yordamida, kurakning 
ilgarilanma harakati va po‘lat arqon yordamida kurakning yuqoriga ko‘tarilish 
harakati orqali amalga oshiriladi. Undan keyin cho‘michdagi tog‘ jinslarini to‘kish 
uchun cho‘mich kerakli balandlikka ko‘tarilgandan so‘ng platforma (4) yordamida 


21 
kerakli burchakka, kerakli tomonga buriladi va cho‘mich boshatiladi. Bu harakatlar 
sikli kerakli hajmdagi tog‘ jinslari yig‘ilguncha takrorlanadi.
1.3 - rasmda ekskavator elektromexanik majmuasining tarkibiy sxemasi 
keltirilgan. 
Harakatlanuvchi mashina sifatida ekskavatorning elektr ta‘minoti 6kV yoki 
10kV kuchlanishli egiluvchan kabellar orqali amalga oshiriladi. Bu kabel 
ulanuvchi punktga yoqib o‘chirish bolimiga ulanadi. Elektrenergiyani ekskavator 
bortiga uzatish uchun xalqasimon tok qabul qilgichdan foydalaniladi. Yuqori 
kuchlanishli zanjirni kommutatsiyalash va himoyalash uchun yuqori kuchlanishli 
taqsimlash qurilmasi (TQ) xizmat qiladi, undan elektrmashinali o‘zgartgich 
agregatining sinxron motori ta‘minlanadi.
1.3 - rasm. Tog‘ ekskavatori elektrmexanik 
majmuasining tarkibiy tuzilishi 
Ko‘tarish, cho‘michga bosim berish, burilish va siljish (yurish) kabi 
ekskavatorning asosiy harakatlarining elektr yuritmalari alohida o‘zgarmas tok 
generatorlar orqali ta‘minlanuvchi o‘zgarmas tok motorlari bilan amalga oshiriladi. 
Elektr yuritmani boshqarish uchun esa boshqaruv qurilmasi va mashinistning pult-


22 
kreslosi xizmat qiladi. Ekskavator elektr yuritmasining mexanik qismiga reduktor, 
baraban-arqonli uzatma, bosim yuritmasining reyka-tishli uzatmasi va boshqa 
elementlar kiradi. Ekskovatorning aloxida mexanizmlari elektrmexanik tizimlarini 
birlashtiruvchi umumiy boshqarish sxemasi qazishni olib borish jarayonini tashkil 
qilishning eng yaxshi sharoitlarini ta‘minlash asosida quriladi. Jarayonni 
boshqarishning eng asosiy shartlaridan biri elektr yuritmalar ishining yuqori 
dinamikasini ta‘minlashdir. Ishlab chiqarish unumdorligi yuqori bo‘lishi uchun 
qazish sikli 20-30 sek.ni tashkil qilishi kerak. 5-20 m
3
gacha hajmga ega bo‘lgan 
cho‘michli ekskavatorning og‘irligi bir necha yuzlab tonnaga teng bo‘ladi,
cho‘mich hamda boshqa harakatlanuvchi mexanizmlar og‘irligi ham katta bo‘ladi. 
Shuning bilan bir vaqtda ekskavtor cho‘michning harakati boshqaruv dastalari 
harakatiga aniq mos kelishi kerak. Tog‘ jinslarini maydalashda cho‘mich sinib 
ketmasligi uchun unga berilayotgan bosim nazorat ostida bo‘lishi kerak. Tizimni 
tezkor boshqarish jarayonida ekskavator mexanik qismlarining mexanik 
inertsiyasini inobatga olish talab qilinadi. Bu esa elektr yuritmani boshqarishning 
murakkab avtomatik tizimlarini qo‘llashni talab etadi.
Raqamli dasturiy boshqariluvchi metall qirquvchi dastgohlar juda murakkab 
elektr yuritmaga ega bo‘ladi. Bunday dastgoh berilgan dastur bo‘yicha detallarga 
avtomatik tarzda yuqori aniqlik bilan ishlov berish uchun xizmat qiladi. Dastgoh 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: metallarni qirqishni amalga oshiruvchi bosh 
yuritma, detalni berilgan dastur bo‘yicha qirqish uchun qirquvchi asbobni aniq 
pozitsiyasini saqlagan holda aniq harakatini ta‘minlab beruvchi bir yoki bir nechta 
uzatish mexanizmlari yuritmalari. Bosh harakat va uzatish elektr yuritmasi uchun 
tezlikni aniq boshqarish xarakterlidir, boshqa uzatish mexanizmlari uchun esa 
holatni aniq tanlash xarakterlidir. Bosh harakat uchun tezlikni rostlash chegarasi 
1000:1ni tashkil qiladi, uzatishni rostlash uchun esa 10000:1 ni tashkil qiladi. Shu 
bilan bir vaqtda berilgan tezlikni yuqori aniqlikda ushlab turish ham talab etiladi. 
Detalga ishlov berish uchun qirquvchi asbob holatini rostlash bir necha 
mikronlarni tashkil qiladi. Shunday qilib zamonaviy metall qirquvchi dastgoh


23 
(1,4 - rasm) yuqori aniqlikni ta‘minlovchi avtomatik elektr yuritmalardan 
tashkil topgan elektromexanik tuzilmalar yigindisidan iborat. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin