15
Kirish
«Elektr yuritma asoslari» fani quyidagi yonalishlar bo‘yicha mutaxassislarni
tayyorlashda oquv dasturining umumkasbiy fanlari qismiga kiradi:
«5310700 – elektrtexnika, elektrmexanika va elektrtexnologiya»
«5310200 – elektrenergetika»
Barcha elektrtexnik mutaxassisliklari talabalari tomonidan organiladi.
Kitobning mazmun va mohiyati yuqoridagi yonalishlar bo‘yicha
davlat
ta‘lim standartlari talablariga toliq javob beradi.
Hozirgi zamonda elektr yuritmaning rivojlanishi, mashinasozlik ishlab
chiqarishidagi, kommunal xo‘jalikdagi, meditsinadagi
va insonlarning boshqa
sohalardagi faoliyatida uning rolini ortib borishi barcha yonalishdagi muxandis –
elektriklar uchun avtomatlashtirilgan elektr yuritma asoslarini bilish zaruratini
yuklamoqda. Mazkur oquv kursi texnikaning murakkab jabhasi bo‘lgan
avtomatlashtirilgan elektr yuritma uchun kirish hisoblanadi.
Darslik mashinasozlik mutaxassisliklari talablari uchun kurs va diplom
loyihalarining elektr qismini bajarishda foydali bo‘lishi mumkin.
Mazkur fanning vazifalari: talabalarga elektr yuritma haqida tassavur hosil
qilishlari uchun umumiy ma‘lumotlar berish, uning
zamonaviy mashinasozlik
ishlab chiqarishidagi roli va orni haqida tushunchalar, elektr yuritmalar tarkibi
haqida kerakli ma‘lumotlarni berish, elektr yuritmalarni yaratish prinsiplari va ular
ishlashining fizik
xususiyatlarini korsatish, elektr yuritmaning asosiy tizimlari
bilan tanishtirish, talabani texnikaning turli sohalarida qo‘llaniladigan
elektr
yuritmalarni tanlash, loyihalash va ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan nisbatan sodda
texnik masalalarni yechishga orgatish.
Darslikda energiyani elektrmexanik o‘zgartirish asoslari, ishchi mashinalar
mexanikasi, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok motorli
elektr yuritmalardagi fizik
jarayonlar, ularning xususiyatlari va tavsiflari, elektr yuritmani boshqarish
prinsiplari, elektr yuritmani loyihalash va tanlash bo‘yicha ko‘rsatmalar,
shuningdek zamonaviy elektr yuritmalar element bazalari haqida ma‘lumotlar
16
hamda keng tarqalgan avtomatlashtirilgan elektr
yuritma tizimlari haqida
ma‘lumotlar keltirilgan.
Zamonaviy elektr yuritmalarning chuqurlashtirilgan nazariyasi va ularni
ishlab chiqarishga texnik tatbiq etish savollari maxsus fanlar kurslarida o‘rganiladi.
Ushbu nashrning alohida jihatlaridan biri,
bunda rostlanuvchan elektr
yuritmani
boshqarish
tushunchasi
kengroq
yoritilgan
va
ancha
mukammallashtirilgan.
Dostları ilə paylaş: