26
Oxirgi 10 yillikda avtomatlashtirilgan elektr yuritma intensiv tezkor
rivojlanishga erishdi. Birinchidan bu mashinasozlikning umumiy rivojlanishi,
texnik talablar, ishlov berish aniqligining oshishi va ishlab chiqarilayotgan
maxsulotlar sifatini mo‘tadil ta‘minlash kabi korsatkichlarda namoyon bo‘ladi.
Ikkinchidan elektr yuritmaning faqatgina sanoatda emas balki kundalik
turmushda, qishloq xo‘jaligida, transportda, tibbiyotda va maishiy elektr
qurilmalarida qo‘llanishi bilan namoyon bo‘ladi.
Uchinchidan elektr energiyasini intensiv ishlab chiqarish bilan birga uni
tejamli va samarali ishlatishga e‘tibor berila boshlandi. Elektr energiyasidan
elektrmexanik yo‘nalishda foydalanish samaradorligini oshirish keng ko‘lamda
elektr yuritma rivojlanishi bilan bog‘liq. Bunda fikr elektrmexanikada faqatgina
elektr energiyasi yo‘qotilishida ketmayapti, balki avtomatik boshqaruvchi elektr
yuritmani qo‘llash bilan texnologik jarayonlar optimallashishi va energiya sarfi
kamaytirilishi nazarda tutilmoqda.
Mashinasozlik va boshqa sohalardagi texnik rivojlanishning jadallashishi,
texnik vositalar avlodlarining eskirish muddatlarini qisqarishi avtomatlashtirilgan
elektr yuritma tizimlarini va ular elementlarini rivojlantirish bo‘yicha yangi
vazifalar qo‘yadi. Mexanik harakat bilan bog‘liq bo‘lgan yangi texnologiyalar
bevosita avtomatlashtirilgan boshqaruvli elektr yuritmalarni qo‘llashga
asoslanmoqda.
Dostları ilə paylaş: