O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


 - rasm. Bir nechta ishchi mashinalar qarshilik momentining tezlikka



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   182
2.5 - rasm. Bir nechta ishchi mashinalar qarshilik momentining tezlikka 
bog‘liqligi. 
3-xarakteristika yuk ko‘tarish mashinalariga tegishli. Bunda qarshilik asosan 
og‘irlik kuchi hisobiga paydo bo‘ladi. Bu xarakteristikaning asosiy jihati shundaki, 


43 
yuk ko‘tarilayotgandagi qarshilik momenti tushirilayotgandagiga nisbatan bir 
qancha oshib ketadi. Bu esa uzatmalardagi mexanik isroflar bilan izohlanadi. 
4-xarakteristika turbomexanizmlar uchun (nasos, ventilyator, kompressor) 
mexanizm validagi moment bevosita uning tezligiga bog‘liqdir. Masalan 
ventilyator uchun quyidagi bog‘liqlik mavjud 
M=KѠ
2
5-xarakteristika o‘rash moslama va mashinalariga tegishli. Ular uchun 
quvvat doimiyligi asosiy texnologik talab hisoblanadi. 
Shuni aytib o‘tish joizki, mashinaning mexanik xarakteristikalari orqali 
aniqlanadigan ishchi mashina validagi momentlar motor tezligi o‘zgarishidan hosil 
bo‘ladigan momentning dinamik tashkil etuvchisini e‘tiborga olmaydi. 
2.2. Elektr motorning motor va tormoz rejimlari 
Har qanday elektr mashina energiyani elektrmexanik o‘zgartgichi kabi ikki 
xil rejimda: elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi motor 
rejimida va mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi tormoz 
(generator) rejimida ishlashi mumkin. Motor rejimda (2.6 - rasm, a) tarmoqdan 
olinayotgan P manba quvvati, quvvat isroflari P ni hisobga olgan holda elektr 
yuritmaning mexanizmlari yordamida mexanik energiyaga aylantiriladi va 
mashinaning ishchi organiga (IO) uzatiladi. 
Tormoz rejimi esa o‘zining energetik xarakteristikalari bo‘yicha turlicha 
bo‘lishi mumkin. 
Rekuperativ generatorli tormoz rejimi (2.6 - rasm, b); bu rejimda elektr 
mashinasidan olingan kinetik energiya yoki mashina ishchi organlaridan 
olinadigan potentsial energiya elektr motorning valiga uzatilib, uni xuddi generator 
sifatida ishlatish imkonini beradi. Natijada generatorda hosil qilingan elektr 
mashina isroflaridan xoli bo‘lgan elektr energiyasi tarmoqqa uzatiladi. Bu rejim 
energetik tomondan ko‘proq foydali hisoblanadi, ya‘ni tormozlanish energiyasidan 
unumli foydalaniladi. 
Dinamik tormozlanish rejimi (2.6 - rasm, c) bu rejimda tormozlanshi 
paytida motor tarmoqdan uziladi va qarshilik bilan yuklangan avtonom generator 


44 
sifatida ishlaydi; tormozlanishdan hosil bo‘ladigan energiya valga ta‘sir qilib 
undan song elektr energiyasi hosil qilinadi, bu elektr energiyasi esa mashinadagi 
elektr isroflarga va yakor chulg‘amiga ulangan tormozlash qarshiligiga sarflanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin