136
(5.5) formuladan kelib chiqadiki, U
ya
= 0 bo‘lganda
dinamik tormozlanish
mexanik xarakteristikalari formulasi quyidagicha bo‘ladi:
ω = -
Dinamik tormozlanish rejimining kamchiliklari quyidagilardir: tormozlanish
energiyasining yuritma elementlarini qizdirishga sarflanishi bilan yo‘qotilishi;
yuritma tormozlanishini uni to‘liq to‘xtatishgacha qo‘llashning iloji yo‘qligi.
Dinamik tormozlanishninng afzalliklariga quyidagilar kiradi:
uning yuqori
ishonchliligi, ya’ni bu tormozlanishning iste’mol kuchlanishi yo‘qotilganida
yakor zanjiri iste’mol manbasi ishdan chiqqanda ham qo‘llash mumkinligi.
Bundan xulosa qilib aytiishimiz mumkinki, dinamik
tormozlanishi avriyaviy
holatlardagi tormozlanish deb xisoblashimiz mumkin.
Teskari ulanib tormozlanishni mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok
motorlarida qo‘llanishi maqsadga muvofiq emas.
5.2. Tiristorli o‘zgartgich – o‘zgarmas tok motori tizimi bo‘yicha elektr
yuritmalar
Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motorlari iste’moli uchun quyidagi
rostlanuvchi iste’mol manbalari ishlatiladi:
- elektrmashina agregatlari – o‘zgarmas tok generatori – o‘zgaruvchan tok
motori (G – D tizimi),
- faza boshqaruvli tiristorli o‘zgartirgichlar (to‘g‘irlagichlar) (TO’ – D
tizimi).
- kengli impulsli rostlash usuli bilan to‘g‘irlagich kuchlanishini o‘zgartirish
yarim o‘tkazgichli to‘g‘irlagichlari (IKBO’ - D).