2. MIKROSKOPNING TUZILISHI. FIKSIRLANGAN VA BO`YALGAN PREPARAT TAYYORLASH
Mikroorganizmlar juda kichik o`lchamga ega bo`lganligini nazarda tutib, mikroorganizmlar mikrometrlar (mkm)
va ularning qismlari bilan o`lchanadi, ularning turli tumanligi, morfologiyasi va hujayrasining tuzilishi mikroskop
vositasida o`rganiladi. Mikroskoplar o`rganilayotgan ob'ektlarni yuzlab (yorug`lik mikroskoplari) va yuz minglab
(elektron mikroskoplari) kattalashtirishi mumkin.
Mikrobiologiyadan amaliy mashg`ulotlarda odatda MBI-I, MBR-I kabi yorug` maydonli mikroskoplar
qo`llaniladi. Bulardan tashqari faza-kontrast qurilmali, qorong`u-maydonli va lyuminestsent mikroskoplar
yordamida ham ko`riladi.
Dostları ilə paylaş: |