Surtma (mazok) tayyorlash. Buyum oynasiga tomizilgan tomchi suvga o`rganilayotgan kulturaning
biomassasidan ozgina solinadi va bakterial ilmoq bilan aralashtiriladi. Biomassaning ortiqcha qismi kuydirib
tashlanadi. Hosil bo`lgan kuchsiz loyqa buyum oynasi ustiga diametri 2 sm doira shaklida tarqatiladi, havoda
quritiladi va surtma tayyorlanadi (2, 3 - rasmlar). To`g`ri tayyorlangan surtmada bakteriyalar ayrim-ayrim bo`lib,
yupqa qatlam hosil qiladilar.
Fiksatsiya issiq yordamida (flambirlash) yoki kimyoviy usulda olib boriladi. Birinchi usulda preparat uch marta
surtmasini alangaga qaratgan holda gorelka alangasidan o`tkaziladi. Fiksatsiya qilinganda hujayralar o`ladi va oynaga
yaxshi yopishadi, tirik hujayraga qaraganda bo`yalishi engillashadi.
Preparat nordon yoki ishqoriy anilin bo`yoqlari bilan bo`yaladi. Nordon bo`yoqlarda xromofor (rang beruvchi
ion) - anion, ishqoriylarda esa kation bo`ladi. Ishqoriy bo`yoqlarga quyidagilar kiradi: moviy rang metilen, ishqoriy
Dostları ilə paylaş: |