+
va boshqasi Gram
-
bo`lishi kerak
Tadqiqot qilinadigan kultura sifatida Petri likopchalarida o`stirilgan havo mikroorganizmlarini ishlatish
mumkin.
Surtmalarni juda ham yupqa qilib tayyorlash kerakki, ular oyna yuzasida bir tekis tarqalgan bo`lsinlar. Preparat
issiqlik yordamida havoda quritiladi, alangada fiksirlanadi va sovitiladi. So`ngra ikki minut davomida gensianviolet
bilan bo`yaladi. Buning uchun surtmaga gensianviolet bo`yog`i shimdirilgan qog`oz yopiladi. Bo`yash vaqti
tugagandan so`ng bo`yoqli qog`oz olib tashlanadi va suv bilan yuvmasdanoq yodni kaliy yodli suvdagi eritmasi
bo`lgan Lugol eritmasi bilan ikki minut davomida ishlov beriladi. Lugol eritmasi tashlanib, surtma suv bilan yuviladi
va filtr qog`ozi bilan quritiladi. So`ngra esa mas'uliyatli ish qilinadi: preparat qisqa muddat 96 gradusli etanol bilan
30 sekunddan to 1 minutgacha rangsizlantiralidi. Tezda suv bilan yuviladi va qaytadan 2 minut davomida fuksin
bo`yog`i bilan bo`yaladi, suv bilan yuvib tashlangandan so`ng filtr qog`ozi bilan quritiladi va immersiya tizimida
mikroskopda ko`riladi. Agar preparat to`g`ri bo`yalgan bo`lsa grammusbat mikroorganizmlar (Gram
Dostları ilə paylaş: |