Segmentatsiya usulida spora hosil bo`lganda, nukleoid atrofida sitoplazma to`plana boshlaydi, so`ng nukleoid va
tsitoplazmani ayrim hujayralarga bo`ladigan ko`ndalang to`siqlar hosil bo`ladi. Spora etilgandan so`ng sporangiy
ayrim segmentlarga-sporalarga bo`linadi. Har bir sporadan yangi organizm paydo bo`ladi.
Oziqa muhitlarida aktinomitsetlar momiqsimon, duxobasimon, unsimon yoki terisimon substrat bilan birga o`sgan
koloniyalar hosil bo`ladi. Ular pigmentlar hosil qiladi va koloniyalar havo rang, ko`k, siyoh rang, pushti, qo`ng`ir,
jigarrangga bo`yaladi. Ba'zi aktinomitsetlar vakillari kamfara, iodoform, ammiak, meva hidlarini ajratadi hamda
geosmin deb ataladigan maxsus moddaning borligi tuproq hidini beradi. Aktinomitsetlar orasida dorivor moddalar-
antibiotiklar hosil qiladiganlari ham topilgan. Streptomitsetlar oziqa manbalariga juda ham talabchan emas, shuning
uchun ular tabiatda keng tarqalgan. Ular organik murakkab moddalarni minerallashtirish jarayonida ishtirok etadi.
Odamlarda aktinomikoz kasalliklarini tarqatuvchi patogen formalari ham bor.
1. Artrobakterlar bilan tanishish uchun agarli Chapek ozuqa muhitida o`stirilgan 1 va 7 sutkalik Arthrobacter
globiformis kulturasidan "ezilgan tomchi" usulida preparat tayyorlanadi. Bu organizm tuproq biotasining vakili bo`lib,
murakkab organik birikmalarni minerallashtirish jarayonlarida ishtirok etadi. Bir sutkalik Arthrobacter globiformis
preparatida mikroskopda uning hujayralari ayrim tayoqchalar ko`rinishida va "qisqich" ko`rinishida bo`lib, uzunligi
1,2 - 2,0 mkm atrofida bo`ladi.
Etti sutkalik kulturada esa 0,6 - 0,7 mkm diametrli kokk formali hujayralar ko`rinadi.
2.Mikobakteriyalarning preparatlarini ham yuqorida ko`rsatilgan usullardagidek 1- 3 sutkalik Chapek ozuqa
muhitidagi Mycobacterium lacticolum kulturasidan tayyorlanadi. Bu bakteriya tuproqda keng tarqalgan bo`lib, ozuqa
muhitlarida yumshoq, momiqsimon, pastasimon olov rangli koloniyalar hosil qiladi. Preparatda qiyshaygan, yon
tomonida o`simtali formadagi hamda ancha qisqargan hujayralar ko`rinadi. Yosh hujayralar 0,6 - 0,7 x 2 - 8 mkm ga
yaqin bo`ladi.
3. Chin aktinomitsetlar – streptomitsetlar - koloniyalarining morfologiyasi bilan tanishish uchun agarli oziqa
muhitida (suv agari vodoprovod suvi - 1 litr, agar-agar - 20 g) bir tekis o`sgan yoki ayrim koloniyalardan tig`
yordamida kichik-kichik bo`lakchalar (mikroorganizmlarning ustki tomoni tepaga qaragan holda) kesib olinib buyum
oynasiga qo`yiladi. Preparatni 7 sutkalik to`g`ri va spiralsimon sporabandlik Streptomyces sp. kulturasidan
tayyorlanadi. Avvalo, quruq tizimli obyektivlar bilan - 8 va 40 taliklarda ko`riladi, sporabandlilari rasmga solinadi.
Sporalarini ko`rish uchun yuqorida ko`rsatilgandek qirqib tayyorlangan aktinomitset koloniyalarga qoplagich oynani
pinset yordamida koloniya ustiga ohista tekiziladi va qayta ko`tarib olinadi. Buyum oynasiga bir tomchi suv tomizib
unga shu qoplag`ich oynani koloniya izi tushgan tomoni bilan yopiladi, va mikroskopni 90 obyektivida ko`riladi.
Preparatda zanjir bo`lib yoki ayrim-ayrim joylashgan sporalar ko`rinadi.
Adabiyotlar
1.
Бабъева И.П., Зенова Г.М. Биология почв. М.: Изд-во МГУ, 1983. С. 69-79
2.
Егорова Н.С. Руководство к практическим занятиям по микробиологии. М.: Изд-во МГУ, 1983. С. 55 - 56.
Dostları ilə paylaş: |