O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/78
tarix02.01.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#38202
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78
Mikrobiologiyadan amaliy va laboratoriya qollanma

1.  

Issiq sterillash. 

 

2.  

Sovuq sterillash 

7.2.1. Issiq sterillash usullari 

 

Haroratni  maksimumdan  oshirish  mikroorganizmlarga  kuchli  ta'sir  qiladi,  ko`pgina  sterillash  usullari  yuqori 



haroratga asoslangan. Yuqori haroratga turli mikroblarning chidamliligi har xildir. Issiq yoki termik sterillashda buni 

esdan chiqarmaslik zarur. Termik sterillashning bir qancha turi ma'lum: 

 

a)  Flambirlash  -  olovda  qizdirish.  Bunda  yonish  xususiyatiga  ega  bo`lgan  hamma  narsa,  shu  bilan  birga 



mikroorganizmlar, gorelka yoki spirtovka olovida yonib ketadi. Mikrobiologiyada har bir laboratoriya ishida preparat 

tayyorlashda ishlatiladigan bakteriologik ilmoq olovda laqqa cho`g` bo`lguncha kuydiriladi. Metall asboblar, ninalar, 

buyum oynalari va kolba, probirka uchlari ham qizdiriladi. Paxta dokali probkalar olovda sterillanadi. 

 

b) Quruq issiq - ta'sirida sterillash maxsus sterillagichlarda yoki quritish shkaflarida amalga oshiriladi. Quritish 



shkaflari to`g`riburchakli yoki dumaloq shaklda bo`ladi va yonmaydigan materiallardan - metall va asbestdan qilinadi. 

Shkafning ichida tokchalar bo`lib: unga sterillanayotgan material qo`yiladi, tepa qismidagi oraliqqa shkafning ichidagi 

haroratni o`lchaydigan termometr joylashtiriladi. Termometrning simobli sharsimon qismi shkafning ichida bo`lishi va 

shkafga tegmasligi lozim. Quritish shkafida sterillash paytida harorat nazoratda bo`lishi lozim, chunki u pasayib ketsa, 

sterillash  amalga  oshmaydi.  Harorat  175˚  dan  oshganda  qog`oz  probkalar  qorayadi  va  maydalanadi.  Quritish 

shkafining sterillash rejimi  165-175

0

 da material ikki soat davomida tutib turiladi. Sterillash tugaganda, shkaf ichidagi 



harorat  70-100

0

  gacha  pasayganda  shkaf  ochiladi,  aks  holda  ichki  va  tashqi  haroratning  farqi  shishalarning  darz 



ketishiga  sabab  bo`ladi.  Quruq  issiq  yordamida  shisha  idishlar,  asboblar,  qog`oz,  paxta  va  boshqa  issiqqa  bardoshli 

materiallar sterilanadi. Bu usul oziqli muhitlarni sterillash uchun yaroqsiz, chunki ular yuqori harorat ta'sirida buziladi. 

Ularni sterillash asosan me'yoridagi yoki yuqori bosimli qaynab turgan suv bug`ida amalga oshiriladi.  

 

v)  Qaynatish  -  ayrim  buyumlar  (metall  asboblar,  filtrli  membranalar)  ba'zan  distillangan  suvda  uzoq  qaynatish 



davomida sterillanadi. Mikrobiologik amaliyotda bu usul kam ishlatiladi, chunki uzoq qaynatib olinadigan materialga 

putur etkazishi mumkin, kam vaqtda esa material to`liq sterillanmaydi, chunki ayrim mikroorganizmlarning sporalari 

qaynatishdan keyin ham bir necha soat yashaydi. 

 

g)  O`tuvchi  bug`lanish  -  bu  usulda  sterillash  me'yoridagi  bosimda  Kox  apparatida  amalga  oshiriladi.  Kox 



apparati-metall  silindr  bo`lib,  issiqni  saqlovchi  tashqi  qobiqqa  ega.  Silindrning  ichiga,  taglik  ustiga  g`alvirsimon 

chelak qo`yiladi, uning tagida suv qaynaydi. Chelakka sterillanadigan material qo`yiladi, tsilindr teshikli qopqoq bilan 

yopiladi, bu teshikdan qaynatish davomida bug` chiqadi. Kox apparati isitgich ustiga qo`yiladi (gaz gorelkasi, elektr 

plita va boshqalar). Qopqoq teshigidan bug` chiqa boshlaganda sterillash vaqti belgilanadi. Bu usulda maxsus tartibga 

amal qilinadi- 3 kun davomida 30 minutdan. Birinchi kunda bug` harorati 100

0

S etganda issiqqa sezgir bo`lgan yoki 



vegetativ  hujayralar nobud bo`ladi, sporalar saqlanadi. 24 soatda (bir sutkada) sporalar o`sib vegetativ hujayralarga 

aylanadi va ertasi kuni sterillash paytida nobud bo`ladilar. Sterillash to`liq bo`lishi uchun uchinchi marta takrorlanadi. 

Ayrim oziqli muhitlar bug` yordamida sterillanadi, chunki ular yuqori haroratga chidamsiz bo`ladilar. 

 

d)  Pasterizatsiya  -  qisman  sterillash  yoki  to`liq  bo`lmagan  sterillash  bo`lib,  uni  birinchi  bo`lib  Paster  tavsiya 



qilgan.  Bu  usul  sporasiz  mikroorganizmlar  va  sporali  vegetativ  hujayralarni  o`ldirishga  asoslangan.  Pasterizatsiya 

yuqori bo`lmagan haroratda amalga oshiriladi.  

 

Sterillash rejimi quyidagicha: 



 

60-75


0

S da – 15 - 30 minut; 

 

80

0



S da       - 10 minut; 

 

90



0

S gacha qizdirib, shu zahotiyoq sovutiladi. 

 

Bu  usuldan  oziq-ovqat  sanoatida  keng  foydalaniladi.  Bu  usul  qaynatilganda  ta'mini  va  oziqli  sifatlarini 



yo`qotuvchi oziq-ovqat turlari, ya'ni sut, meva sharbatlari, vino, pivo uchun ma'quldir.  

 

e)  Avtoklavda  bosim  ostida  to`yingan  bug`  yordamida  sterillash  (avtoklavlash).  Bu  usuldan  keng 



foydalaniladi,  hususan  tibbiyot  va  mikrobiologiya  amaliyotida  keng  qo`llaniladi.  Avtoklavlash  asosan  materiallarni 

termik  kamerada,  atmofera  bosimi  yuqori  bo`lgan  to`yingan  bug`  yordamida  qizdirishga  asoslangan.  Avtoklav  3 

silindrdan  iborat  qalin  devorli  qozon  bo`lib,  yuqori  bosimga  chidaydi.  Tashqi  silindr  -  qobig`i  temirdan  ishlangan 

bo`lib,  bug`  qozonini  har  hil  zararlardan  va  avtoklav  oldida  ishlovchilarni  kuyishdan  himoyalaydi.  Avtoklavning 

oyoqchalari uni poldan yuqoriga ko`tarib turadi. Avtoklavning eng asosiy qismi - bug`  kamerasidir. U yuqori bosimga 

dosh  beradi.  Bug`  kamerasi  ichida  sterillash  kamerasi  o`rnatilgan  bo`lib,  uning  ichiga  sterillanadigan  material 

joylashtiriladi. Sterillash kamerasining ustidagi teshik orqali maxsus jo`mrak yordamida bug` kamerasiga bug` o`tadi. 

Avtoklavning  pastki  qismida  ham  jo`mrak  bo`lib,  u  sterillash  kamerasini  tashqi  muhit  bilan  birlashtirib  turadi. 

Avtoklav germetik holatga kelishi uchun qopqoq yaxshilab yopiladi, metall vintlar buraladi. 

 

Sterillash  oldidan  avtoklavga  voronka  yordamida  distillangan  suv  quyiladi.  Avtomat  avtoklavlar  asosan  2  ta 



manometrga  ega  bo`lib,  ulardan  biri  suv  -  bug`  kamerasi,  boshqasi  -  sterillash  kamerasiga  bog`liqdir.  Sterillash 

kamerasiga  sterillanadigan  material  joylashtiriladi,  bunda  bug`  kameraning  hamma  qismlarga  erkin  o`tishi  lozim. 

Avtoklav  qopqog`i  yopiladi  va  jo`mrak  ochiladi,  bu  sterillash  kamerasini  tashqi  havo  bilan  bog`lab  turadigan 

jo`mrakdir.  Suv  bug`  kamerasidan  sterillash  kamerasiga  bug`ni  o`tkazib  turuvchi  jo`mrak  yopiqdir.  Avtoklav  elektr 

tokka ulanadi. Suv bug` kamerasida qaynaydi, bug` hosil bo`ladi, bosim oshadi. Suv- bug` kamerasidagi bosim ma'lum 

chegaraga  (bir  atmosferaga)  etganda,  jo`mrak  ochiladi  va  bug`  sterillash  kamerasiga  o`tadi.  Avtoklavning  pastki 




 

15 


 

qismidagi  ochiq  jo`mrak  orqali  chiqqan  bug`  sterillash  kamerasidagi  havoni  siqib  chiqarishi  lozim.  Avtoklavdan 

havoning  siqib  chiqarilishining  kerakligi  shundaki:  bug`  bilan  havo  aralashmasiga  qaraganda  to`yingan  bug` 

bakteriyalarga  kuchli  ta'sir  qiladi  va  bir  xil  bosimda  bug`  va  havo  aralashmasining  harorati  bug`  haroratidan  past 

bo`ladi. Sterillash kamerasida bosim  yetarli miqdorga  yetganda, sterillashning boshlanish vaqti belgilanadi va 35-40 

minut  sterillanadi.  Bosim  avtomatik  ravishda  bir  miqdorda  ushlanadi.  Bosim  ortishi  bilan  avtoklav  ichidagi  qaynab 

turgan suv bug`ining harorati ham oshadi: 

bosim 0,5 atm.       - temperatura 112

0

S; 


-"-  1,0 atm.            -    -"-       121

0

S;      



-"-  2,0 atm.            -    -"-       132

0

S; 



 

Bosim 0,5 atm. bo`lganda qand tutuvchi oziqli muhitlar, sharbatlar, sutlar sterillanadi. Oziqli muhitlar, idishlar va 

boshqa materiallar bosim 1 atm. bo`lganda sterillanadi. Tuproq bosim 2 atm. bo`lganda sterillanadi.  Sterillash 

tugagandan  keyin  suv  -  bug`  kamerasini  sterillash  kamerasi  bilan  bog`lab  turgan  jo`mrak  yopiladi  va  sterillash 

kamerasini tashqi havo bilan tutashtiruvchi jo`mrak ehtiyotkorlik bilan ochiladi. Jo`mrakning tez ochilishi bosimning 

pasayishiga olib keladi, natijada suyuqlik qaynaydi, kolbalardan oziqli muhit tiqinni otib yuborishiga va sterillashning 

buzilishiga olib keladi. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin