Oziq-ovqat mahsulotlarini sifatini aniqlash va tasniflash usullari



Yüklə 212,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix13.03.2023
ölçüsü212,1 Kb.
#87523
  1   2   3
oziq-ovqat-mahsulotlarini-sifatini-aniqlash-va-tasniflash-usullari (1)



Oziq-ovqat mahsulotlarini sifatini aniqlash va tasniflash 
usullari 
 
Qurbonqul Mavlanqulovich Karimqulov 
karimkulov@mail.ru 
Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti 
Ikromjon Esanboevich Uzoqov 
Toshkent kimyo-texnologiya instituti 
Madraim Xasanovich Sarikulov 
Munira Yusupovna Xursanova 
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika unversiteti Olmaliq filiali 
 
Annotatsiya: Maqolada oziq-ovqat mahsulotlarini ekspertiza qilish usullari 
tahlil etilgan hamda bojxona ekspertizasini amalga oshirishning sodda usullari 
yaratilgan. Orgonaleptika va fizik- kimyoviy usullar bilan oziq-ovqat mahsulotlarini 
bir-biridan farqlash usullari hamda TIF TN bo‘yicha tasniflash me’zonlari ishlab 
chiqilgan va bojxona amaliyotiga tavsiya etilgan.
Kalit so‘zlar: Bojxona ekspertizasi, oziq-ovqat turlari, oziq-ovqat xavfsizligi, 
orgonaleptika va fizik-kimyoviy usullar, TIF TN, kod raqamlari. 
 
Methods of detection and classification of food quality 
 
Kurkulkul Mavluda Karkulov 
Karimkulov@mail.ru 
Customs Institute of State Customs Committee 
Ikromjon Esanbaevich Uzokov 
Tashkent Institute of Chemical Technology 
Madraim Hasanovich Sarikulov 
Munira Yusupovna Hursnova 
Almalyk branch of Tashkent State Technical Universities named after Islam 
Karimov 
 
Abstract: The article describes methods for examination of food products and 
simple methods of customs examination have been created. Methods of 
differentiation of orergepticeps and physicochemical methods and classification 
criteria for TIF TN have been developed and recommended to customs practices. 
Keywords: Customs medicine, food security, food security, orgonomers and 
physicochemical methods, TIF TN, code numbers. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) September 2022 / Volume 3 Issue 9
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
157


O‘zbekiston Respublikasining eksport xajmi yildan yilga oshib bormoqda. Meva 
sabzavotlarni etishtirish bo‘yicha mamlakatimizda so‘ngi yillarda bir qancha ijobiy 
ishlar amalga oshirildi. Natijada, TIF TNning 07-guruh (sabzavotlar va ildiz mevalar) 
tovarlarining eksport hajmi ortdi. 2017-2018 yillarda O‘zbekiston bu guruh 
tovarlarini eksport qilish bo‘yicha dunyoda 7 o‘ringa ko‘tarildi. 2017 yilda 
O‘zbekistonning 07- guruh tovarlari eksporti 3,4 mlrd.
AQSH dollarni, 2018 yilda 3,2 mlrd.. AQSH dollarni tashkil etgan. Bu 
mahsulotlarni O‘zbekiston asosan Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy, Afg‘oniston 
davlatlariga eksport qiladi. Eksport va import qilingan oziq - ovqat mahsulotlarini 
ekspertiza qilish va ularni sifatini aniqlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. 
Oziq-ovqat mahsulotlarini ekspertiza qilish quyidagi usullar yordamida amalga 
oshiriladi: 1. Organoleptika usuli. 2. Laboratoriya (tajriba) usuli. Oziq-ovqat 
mahsulotlarining sifatini tekshirishda organoleptik usul katta rol o‘ynaydi. Bu usul 
bilan ularning ta’mi, hidi, rangi, konsistensiyasi, tashqi ko‘rinishlari odamning sezgi 
organlari yordamida baholanadi. Organoleptik usulning qulaylik tomonlari shundan 
iboratki, u ko‘p xarajatlar, kimyoviy reaktivlar, laboratoryaiya asboblarini talab 
qilmaydi hamda mahsulotning sifati to‘g‘risida tezda xulosa chiqarish imkonini 
beradi. Uning kamchiligi esa, bu usulning sub’ektivligida. Demak, bu mahsulot 
sifatiga turli kishilar har xil baho berishlari mumkin. Bundan tashqari organoleptik 
usul bilan tovarlarning sifati tekshirilganda ularning sifat ko‘rsatkichlarini raqamlar 
bilan ifodalab bo‘lmaydi yoki mahsulotlarning sifati to‘g‘risida butunlay atroflicha 
ma’lumot ham olish qiyin. M-n, bu usul bilan mahsulotning biologik qiymatini yoki 
uning bezararligini aytish mumkin emas. Biroq mahsulotning sifatiga organoleptik 
usul bilan baho berish yuqori malakali, tajribali degustatorlar ishtirokida olib boriladi, 
natijada yo‘l qo‘yiladigan xatolar ham shuncha kam bo‘ladi. Ammo shuni nazarda 
to‘tish kerakki, sezgi organlarimiz mahsulotning boshqa tekshirish usullari bilan 
aniqlash qiyin bo‘lgan va aniqlab bo‘lmaydigan o‘ziga xos xushbo‘y ta’m 
xususiyatlarini tezda seza oladi. M-n, choy, kofe va vino mahsulotlari tarkibiga 
kiruvchi xushbo‘y hid beruvchi murakkab moddalarni aniqlash juda qiyinligi uchun 
organoleptik usul yagona usul hisoblanadi. Oziq-ovqat mahsulotlariga organoleptik 
baho berishda ta’m bilish xususiyatlari ularning sifatini belgilaydigan asosiy 
ko‘rsatkichlardan biridir. Inson organizmida ta’mni sezadigan asosiy a’zo tildir Oziq-
ovqat mahsulotlarining sifatini organoleptik usulda baholash standart talablarida olib 
boriladi. 
Oziq-ovqat mahsulotlarining hidi esa ularning sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Hamma oziq-ovqat mahsulotlari ham ma’lum darajada o‘ziga xos hidga ega. 
Ularning hidiga qarab qanday mahsulot, buzilgan-buzilmagan, tozaligi to‘g‘risidagi 
ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Mahsulotlarda turli xil hid beruvchi moddalar 
aralashmasi murakkab bir xil hid berishi mumkin, m-n, vino, konyak, kofe, choy va 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) September 2022 / Volume 3 Issue 9
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
158


pishloqlarning xushbo‘y hidi bunga misol bo‘la oladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining 
sifatini organoleptik usulda aniqlanganda va davlat standartlari talablari bo‘yicha ham 
ularning ta’m va hid ko‘rsatkichlari inobatga olinadi. Bundan tashqari, oziq-ovqat 
mahsulotlarining organoleptik usulda aniqlanadigan organoleptik ko‘rsatkichlariga 
ularning rangi, tashqi ko‘rinishi, konsistensiyasi ham kiradi. Bu ko‘rsatkichlar 
ko‘rish, eshitish va sezish a’zolari yordamida aniqlanadi. Insonning ko‘rish a’zosi 
bo‘lgan ko‘z yordamida oziq-ovqat mahsulotlarining tashqi ko‘rinishi, katta-
kichikligi, rangi, shakli, idishlarga qanday joylashganligi, tiniqligi va shu kabilar 
baholanadi. Oziq-ovqat mahsulotlarining konsistensiyasi, tuzilishi hamda harorati 
barmoqlar uchida hamda og‘iz boshlig‘i shilimshiq pardasida joylashgan sezgi 
orgonlari orqali aniqlanadi. Mahsulotni qo‘l bilan ushlab, uning qattiq yoki 
yumshoqligini aytish mumkin yoki mahsulot iste’mol qilinganda til uchi yordamida 
darrov ularning harorati haqida xulosa chiqarish mumkin. Ba’zi oziq-ovqat 
mahsulotlarining sirtiga biror buyum bilan urib va shundan chiqqan tovushni eshitib 
ham shu mahsulotning sifati to‘g‘risida ma’lum bir xulosa qilsa bo‘ladi. 
Hozirgi kunda organoleptik usulning aniqlik darajasini oshirish va uni 
takomillashtirish borasida izlanishlar olib borilmoqda. Mahsulotlarga organoleptik 
usul bilan baho berishning bir necha usullarya’ni - ball bilan baholash va taqqoslab 
baho berish usullari keng qo‘llaniladi. Ball ko‘rsatkichi bilan baho berish, oziq-ovqat 
mahsulotlarining sifati asosan 5, 10, 30 va 100 ballik baho bilan tekshiriladi. 
Mahsulot sifatini ball orqali baholashda ularning umumiy yig‘indisi sifat 
ko‘rsatkichlar bo‘yicha ajratiladi. Misol sifatida sariyog‘ning sifatini 100 balli baho 
bilan tekshirishni ko‘rib chiqamiz. Bu usul bo‘yicha sariyog‘ning asosiy 
ko‘rsatkichlariga quyidagicha ballar beriladi: Ta’mi va hidi - 50, Konsistensiyasi - 25, 
Rangi - 5, To‘zlanishi - 10, O‘rab-joylanishi - 10, jami -100 ball. Agar sariyog‘ning 
umumiy ball ko‘rsatkichi 88 dan 100 ballgacha bo‘lsa - oliy navga, 80 dan 87 gacha 
bo‘lsa - 1 navga va nihoyat, 80 dan kam bo‘lsa - davlat standart talablariga javob 
bermaydi. Lekin umumiy balldan tashqari sariyog‘ning oliy navi ta’mi va hidi 
bo‘yicha 41 balldan, 1 navi esa 37 balldan kam baho olmasligi talab etiladi. Oziq-
ovqat mahsulotlarini ball berish tartibining qulayligi shundan iboratki, mahsulotdagi 
har bir kamchilik tegishli ball bilan baholanadi. Ko‘rsatkich uchun belgilangan 
umumiy ball sonidan olib tashlanadi. So‘ngra davlat standartidagi maxsus jadvaldan 
qancha ballni olib tashlash kerakligi topiladi. Bundan tashqari, tovarlar sifatini 
baholashning sotsiologik (so‘rovnoma o‘tkazish) usuli ham mavjud. Sotsiologik usul 
deb oziq-ovqat mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini xaridorlar fikriga ko‘ra 
aniqlashga aytiladi.

Yüklə 212,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin