aniqlashdan iboratdir. Mahsulotning solishtirma og‘irligi
va zichligini areometr,
piknometr va gidrostatik tarozilar yordamida o‘lchanadi. Solishtirma og‘irligi asosida
ma’lum darajada kimyoviy tarkibi va sifati haqida so‘z yuritish mumkin. Yog‘larning
erish va qotish harorati asosida ularning tabiatini, tozaligini va ma’lum
darajada
uning tarkibida qanday yog‘ kislotalari borligi haqida ma’lumotga ega bo‘lish
mumkin. Yog‘larning erish va qotish harorati yog‘ning qattiq holatdan suyuq holatga
yoki suyuq holat- dan qattiq holatga o‘tish paytidagi haroratini termometr bilan
o‘lchash natijasida aniqlanadi. Oziq-ovqat mahsulotlarining
optik xususiyatlari esa
polyarimetriya,
refraktometriya,
fotokalorimetriya,
lyuminessent
hamda
xromotografiya usullari yordamida aniqlanadi. Polyarimetriya usuli ba’zi optik faol
moddalar eritmalarining nur tebranishlari yo‘nalishlarini o‘zgartirish
qobiliyatiga
asoslangan. Masalan, bu usul bilan saxarometr asbobi yordamida shakar eritmalari
tarkibidagi saxarozaning miqdori va ularning tarkibida
qanday shakar moddalar
borligi aniqlanadi. Refraktometriya usuli bilan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida
yog‘, suv, spirt, qand va boshqa quruq moddalarning miqdorini aniqlanadi.
Refraktometriya usuli nurning bir muhitdan ikkinchi bir muhitga o‘tish
paytida
yo‘nalishining o‘zgarishiga yoki nurning sindirish ko‘rsatkichi koeffitsientlari
aniqlanadi. Masalan, refraktometr yordamida asalning
tarkibida qancha suv borligi,
sharbatlar tarkibida qancha quruq modda borligi yoki moy va yog‘larning sindirish
ko‘rsatkichlari orqali ularning tozaligi va buzilgan-buzilma- ganligi aniqlanadi.
Fotokalorimetriya va spektrofotometriya usullari
bilan tovarning tarkibidagi
moddalar aniqlanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining TIF TN bo‘yicha kimyoviy tarkibi, o‘rami, sig‘imi,
xajmi va ishlatilish vazifasiga ko‘ra tasniflanadi.
Xulosa. Orgonaleptika va fizik-kimyoviy usullar bilan oziq-ovqat mahsulotlarini
bir-biridan farqlash usullari hamda TIF TN bo‘yicha tasniflash me’zonlari ishlab
chiqilgan va bojxona amaliyotiga tavsiya etilgan.
Dostları ilə paylaş: