5.3. O`simliklarning virus bilan kasallanish darajasini
aniqlash
Dala sharoitida, issiqxonalarda, tajriba uchastkalarida tabiiy sharoitda virus
bilan kasallangan o`simliklarni, ba'zan virus virulentligini, o`simlik navining
virusga chidamliligini aniqlashda sun'iy kasallantirilgan o`simliklarning
kasallanish darajasi -"R" ni aniqlash zarur bo`ladi. Kasallanish darajasini quyidagi
formula bilan hisoblanadi.
N
n
P
100
.
R - kasallanish darajasi,
p -kasal o`simliklar soni,
N -sog` o`simliklarning umumiy soni.
Ishdan maksad: Dala va tajriba uchastkalaridagi o`simliklarni fitopotagen
viruslar bilan kasallanish darajasini Aniqlash usuli bilan tanishtirish.
Materiallar: 1. TMV bilan kasallangan tomat ekilgan uchastka (0,1 gektargacha).
2. TMV ga karshi olingan antizardob.
3. Virus diagnostikasini immunologiya usullari ("tomchi usul" viro - bakterial
agglutinatsiya, immunoferment analizi ikki yoqlama immunodiffuziya),
aniqlagich o`simliklar yoki simptomlar aniq ko`rinsa kuzatish yordamida
amalga oshirish mumkin. Qanchalik sezgir usul qo`llanilsa, diagnostika shunchalik
aniq bo`ladi.
Ishning borishi: Tajriba uchastkasidagi egatlardagi sog` o`simliklar
hisoblanib chiqiladi va ularni formulalardagi o`rniga qo`yiladi, m., "N" (250 ta)
ular ichidagi kasal o`simliklar anqlab chiqiladi va ularni "p" (50 ta) o`rniga
quyiladi.
Agar formuladagi sonlar hisoblab chiqilsa, u 20% ni tashkil etadi.
%
20
250
100
50
P
Demak, tajriba uchastkasidagi tomatlarning (250 tup) TMB bilan kasallanish
darajasi 20% ni tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |