22
bo`ladigan simptomlar haqida ma'lumot olish.
Kerakli materiallar: Pomidor, tamaki, bodring, g`o`za, raps va boshqa
o`simliklarning mozaika simptomli barglari (rasm yoki gerbariy materiallari),
jo`xori, g`umay, arpaning chiziqli mozaika barglari, karam, sholg`om, redis va
turpning mozaikali barglari. Daladan yoki issiqxonadan yangi terib kelingan
o`simliklardan gerbariylar tayyorlanadi va ularni sistematik o`rinlari aniqlanadi,
har bir gerbariy materiali ostida yozib qo`yiladi.
Mashg`ulot laboratoriya va dala sharoitida (bahor, yoz va kuz fasllarida),
issiqxonalarda o`tkaziladi. Kasallik simptomlari sog` o`simlik bilan taqqoslanadi
va kundalik daftarlarga yoziladi, rasm daftarlarga chiziladi hamda ulardan
gerbariylar tayyorlanadi.
Kuzatuv olib borilganda asosiy e'tibor o`simlikning tashqi ko`rinishiga,
barglariga, butim oraliqlariga, barg tomirlariga, rangiga, umumiy rivojiga e'tibor
beriladi. Virus kasalliklari o`simlikning o`sish nuqtasida yaqqol ko`ringani uchun
avvalo o`simlikning o`sish nuqtasi kuzatiladi. Simptomlarning asosiylari
quyidagicha bo`ladi: mozaika guruhiga mansub simptomlar, ipsimonlanish,
burishish (ajinlashish), jingalaklanish, qirqquloqqa o`xshashlik, bargidagi chiziqli
mozaika, barg, tomir, poya va meva nekrozlari, o`simlikni yoki bargini
shoxlanishi, rangini yo`qotishi, sarg`ayishi, shaklini o`zgartirishi, o`sishdan
qolishi,
gullarning
badburishlashishi,
gul
qismlari
rivojlanmasligi,
gultojbarglarining yashil tusga kirishi, gul o`rniga shoxlab ketishi, reduksiyalangan
barg paydo bo`lishi, to`p gul markazida haqiqiy barg hosil bo`lishi va h.k- (Ilova -
dagi rasmlarga qaralsin).
Quyida O`zbekistonda tarqalgan virus kasalliklari va ularning simptomlari va
ba'zi boshqa hususiyatlari haqida qisqacha to`xtab o`tamiz.
1. G`o`za virus kasalliklari g`o`zaning ingichka va o`rta tolali navlarida
tarqalgandir. Ular dunyo bo`yicha 18 dan ortiq bo`lib, ulardan eng asosiylari:
"g`o`zaning jingalak barglilik" (курчатов листев) kasalligida g`o`za bargining
asosiy tomirining rivojlanmay qolishi sababli barglar jingalaklashadi va ba'zan
mozaika alomatlari (chiporlanish) kuzatiladi. Barglar soni ham kasal usimliklarga
ancha kamroq barglarda xol -xol doglar paydo bo`ladi, barg qavariiq shaklga
kiradi, Ba'zan bargda oqish, to`q - yashil mozaika kuzatiladi, barg plastinkasi
dag`allashadi, bo`g`rinlar orasi qisqaradi, barg yuqoriga qarab buraladi.
"O`simlik o`siq nuqtalarini dastalashishi" (пучковидная верхушка) virus
kasalligida o`simlikning o`sish nuqtasidagi barglar, gullar orasi qisqaradi, tomirlari
yo`g`onlashadi, o`simlikning uchida shoxlar dastalashadi.
G`o`zada yana "tomirlararo sariq mozaika", "xol - xol (chipor) barglilik"
(krapchatost), "psilloz" (barg va poyaning jigarrang tusga kirishi), "barglarning
maydalashishi" (iz - melchennost listev), "antotsianoz", "tomirlararo mozaika",
orasining qisqarishi" (укорочение междоузлий)
kabi kasalliklar mavjud,
2 Kartoshkaning virus kasalliklari ham juda keng tarqalgan bo`lib, dunyo
bo`yicha 20 dan ortiq virus kasalliklari topilgan. Ularning 10 tasi MDX
davlatlarida va 4 ta-[X, U, A, K) O`zbekistonda uchraydi. Virus bilan kasallangan
o`simlik bargining tomirlari och tusga kiradi, bargida "xol-xollik" (крапчатост)
yoki ajinlar paydo bo`ladi. "A" virus bilan kasallangan kartoshka bargida katta-
katta dog`li mozaika hosil bo`ladi, keyiichalik barg to`lqinsimon egilib, jingalak
bo`ladi. Virusning virulent shtammlari keskin mozaika hosil qiladi. Agarda
kartoshkaning "A" virusi "X" virusi bilan birga uchrasa kartoshka bargida
23
burmalar, g`ijimlar paydo bo`lib, barg buraladi, tomirlararo shishlar paydo bo`ladi,
barglar mo`rtlashib, oson sinadi. Kartoshka "K" virusi bilan kasallangan bo`lsa
o`simlikning yuqori yarusidagi yosh barglarda kuchsiz dog`lar paydo bo`ladi.
Kartoshka "U" virusi bilan kasallansa yaqqol ko`zga tashlanadigan aniq
simptomlar ko`zga tashlanmasligi mumkin. Agarda "U" virusi boshqa viruslar
bilan birgalikda uchrasa mozaika, yo`l - yo`l shtrixlardan iborat ("strik") mozaika
hosil bo`ladi. Ba'zan boshqa kartoshka viruslari bilan birgalikda uchraganda
o`simlikda pakanalik (карликовость) alomatlari kuzatiladi.
3. Butgulli o’simliklarda ( redis, sholg`om, turp, karam, raps) "sholg`om
mozaikasi virusi", "redis mozaikasi virusi", "gulkaram mozaikasi virus" lari
uchraydi. Kasal o`simliklarda aniq mozaika va bargni bujmayishi va
rivojlanishdan to`xtashi kuzatiladi.
4. Dukkakli o`simliklarda 6 xil virus kasalligi uchraydi. Ulardan "no`xat
mozaikasi virusi" bilan kasallangan no`xatda barg tomirlarining oqarishi va
mozaika xosil bo`ladi. No`xatda yana boshqa simptomga ega kasallik -
"no`xatning yuqori yaruslarini sarg`ayishi" kasalligi uchraydi, yuqori yarus
barglarida kuchli xloroz (barg rangini yo`qolishi) kuzatiladi, barg mo`rt bo`lib
qoladi. Mosh o`simligida esa "mosh mozaikasi virusi" uchraydi, barg tomirlari
oqaradi va barg pastki tomonga qarab buraladi, shishlar bo`ladi, barg plastinkasi
shakli o`zgaradi, o`simlik o`sishdan qoladi, urug`i maydalashib ketadi. Bu virus
loviya o`simligini ham kasallantiradi.
Moshda yana "moshning sariq mozaikasi virusi" uchraydi. Kasallangan
o`simlik bargida dog`lar jadallik bilan ko`payadi, o`simlik o`sishdan qoladi. Bu
kasallik loviya, soya va boshqa dukkakli o`simliklarda ham uchraydi.
5. Qovun va bodring o`simliklarida "bodring mozaikasi virusi" uchraydi. Ikkala
o`simlikda ham mozaika simptomlari kuzatiladi. Bu virus qovoqsimonlar,
murakkab gulli o`simliklar va dukkaklilarda uchraydi.
6. Beda o`simligida "beda mozaikasi virusi" uchraydi, kasallangan o`simlik
bargida doiyra shakldagi dog’lar hamda mozaikali barglarning jingalaklanishi
kuzatiladi.
7. Jo’xorining "jo’xori pakana mozaikasi virusi'' kasallantiradi. Barglarida
chiziq - chiziq shaklli sariq mozaika kuzatiladi, o`simlik o’sishdan qoladi,
jo`xori so`talarida don miqdori o`ta kamayib, 20 - 30% gina qoladi. Ayniqsa
o`simlikni virus bilan juda erta kasallantirsa virusning zarari juda katta bo`ladi,
jo`xori doni maydalashadi, olingan urug`ning unishi o`ta pasayadi.
Yuqorida ko`ursatilgan kasallik alomatlarini e'tiborga olgan holda
mashgulotda beriladigan tabiiy va gerbariy materiallarni guruxlarga ajratish, ular
haqida chuqur bilimga ega bo`lish zarur.
Adabiyotlar:
1. Ю.И.Власов, Э.И.Ларина. Сельскохозяйственная вирусология. 1982,
238 с.
2. С.Е.Грушевой. Сельскохозяйственная фитопатология. 1965,447с.
3. П.К.Головин, М.В.Арсеньева, А.Т.Тропова, И.Шестиперова. Практикум
по общей фитопатологии. 1967. 183 с.
Dostları ilə paylaş: