O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 282,28 Kb.
səhifə1/18
tarix02.01.2022
ölçüsü282,28 Kb.
#38992
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1 javob





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ТОSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI



«Jismoniy madaniyat nazariyasi» fanidan


AMALIY MASHG‘ULOT


Mavzu: Jismoniy tarbiya darslarini tuzilishi, mazmuni va tashkil qilish shakllari.

Maktab o’quv rejasi bo’yicha umumiy jismoniy tarbiya kursi

Umumiy o’rta ta'lim maktablarida jismoniy tarbiyaning maqsadi o’quvchi yoshlar tanasidagi barcha a'zolarning sog’lom o’sishini ta'minlash hamda ularni aqliy va jismoniy mehnatga, shuningdek, Vatan mudofaasiga tayyorlashdir. Ulug’ mutafakkir Abdulla Avloniy ta'kidlaganidek, sog’lom fikr, yaxshi ahloq va ilmma'rifatga ega bo’lmoq uchun badanni tarbiya qilish zarur. Jismoniy tarbiya barchaga, ayniqsa, bolalarga katta ta'sir ko’rsatib, salomatligini mustahkamlaydi, insonning ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko’rishiga yordam beradi. Sport har qanday yoshda ham qad-qomatni tarbiya qilish, kuch-quvvatni saqlab turishning vositasi hisoblanadi.

Maktab o’quvchilari jismoniy tarbiyasining vazifalarini amalga oshirish maxsus uyushtirilgan mashg’ulotlar orqali amalga oshiriladi.

Mashg’ulotlar davomida mashqlarni amalga oshirish orqali jismoniy tarbiyaning uslubi va metodik tamoyillari, tarbiya va ta'limning vositalari aniqlashtiriladi va yuzaga chiqariladi. Bizning maktablarimiz uchun mashg’ulotlarning xilma-xil shakllari xosdir.



Shu bilan birga, uslubiy manbalar qatorida faqat jismoniy mashg’ulotlarning davom etish vaqtini ko’paytirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda o’quvchilarning ehtiyojlari qondiriladi.

Shu asosda barcha shakldagi mashg’ulotlar tahlili, ularni maktabda, maktabdan tashqarida, oilada o’tkazishning shart-sharoitlari shuni ko’rsatadiki, o’quvchilar jismoniy tarbiyasini uyushtirishga majmuali yondashuvdan hech bo’lmaganda bitta halqa chiqarib olinsa, pedagogik jarayonning uzluksizligi buziladi, jismoniy tarbiyaning barcha vazifalari sifatsiz yechim topadi.

O’quvchilar jismoniy tarbiyasi jarayonida umumiy va xususiy vazifalar hal qilinadi.

Umumiy vazifalar bilim berish, jisman tarbiyalash va sog’lomlashtirishdan iborat bo’lib, xususiylari esa jismoniy tarbiya bo’yicha Davlat ta'lim standarti dasturidagi maxsus vazifalar tarzida hal qilinadi.




Yüklə 282,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin