Darsning tayyorgarlik qismidagi vositalar bilan uning bajaradigan funksiyasi orasidagi muvofiqlik (maxsus tayyorlovchi va yondashtiruvchi, o’quvchilarni darsga jalb etuvchi mashqlarning mavjudligi va yuklamaning yetarli bo’lishi).
Darsning asosiy qismi uchun mashqlarni tanlash, shug’ullanuvchilarning imkoniyatlarini hisobga olish, o’zlashtirilayotgan materialning ketma-ketligi, mashqlarni bajarish uchun yengillashtirilgan sharoitlar yaratish, ko’nikma va malakalarni hisobga olish kerak.
Darsning yakunlovchi qismi uchun vositalar tanlashda asosiy qismda bajarilgan ishlarning xususiyatlari e'tiborga olingani, organizmning tiklanishi qanchalik ta'minlanganiga e'tibor berish kerak.
4.Uyga vazifalari, ularning to’g’riligi va xususiyatlari, qo’llanishiga bo’lgan asosiy talablarga rioya qilingani, oldingi dars topshiriqlarini tekshirish qanday amalga oshirilgani nazorat qilinishi kerak.