Dars qismlarida o’quvchilarda to’g’ri qad-qomatni shakllantirishga, tuzatishga va takomillashtirishga qanday e'tibor berildi? Baho bering.
Jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash ishlarining mazmuni: o’quvchilarga qanday topshiriqlar berildi, jismoniy tarbiyaning qanday usullari (qat'iy tartiblashtirilgan mashq usullari, o’yin, musobaqa usullari, aylanma mashq usuli va
h.k.) qo’llanildi, ularning maqsadga muvofiqligi va shug’ullanuvchilarning xususiyatlariga, dars vazifalariga, dars o’tkazish sharoitlariga va h.k. muvofiqligi.
Darsdagi yuklamani baholash, uning o’quvchilar xususiyatlariga, dars vazifalariga, dars o’tkazish sharoitlariga va h.k. muvofiqligi, yuklamaning hajmini va shiddatini boshqarishda qo’llanilgan metodik usullarning maqsadga muvofiqligi.