Kuzatuvchi bu bo’limda quyidagilarga e'tibor berishi kerak:
Darsning o’z vaqtida boshlanishi va tugallanishi; dars qismlari, ayrim asboblarda ish bajarish va mashq turlari uchun taqsimlangan vaqtning maqsadga muvofiqligi.
Mashg’ulot joyi, bor asbob-anjomlardan foydalanish, o’quvchilarni joylashtirish, saflantirish va qayta saflanishlarning maqsadga muvofiqligi, ularning tarbiyaviy qiymati.
Dars qismlarida o’quvchilar faoliyatini tashkil etish usullarining qo’llanishi, maqsadga muvofiqligi, ularning dars mazmuniga va vazifalariga, o’quvchilarning yoshiga mosligi, dars yuklamasi va zichligiga ta'siri misollar bilan tasdiqlanadi.
Dars qismlarida o’quvchilarning harakat faolliklarini oshirish uchun qanday metodik usullardan foydalanilgani, ularning dars vazifalarini hal etishdagi samaradorligi misollar bilan tasdiqlanadi.
Darsda o’quvchilardan yordamchilar sifatida foydalanishning samaradorligi, ularning o’z vazifalarini bajarishga tayyorgarliklari, jismoniy tarbiya jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari. Pedagogning o’z yordamchilari ishlarini nazorat qilishi va baholashi.