10 - rasm. Venturi suv o’lchagichi:
1,2- katta diametrli trubalar, 3- torayuvchi truba (konfuzor),
4- kengayuvchi truba (diffuzor), 5- kichik diametrli patrubok,
6,7- p’ezometrlar.
Venturi suv o’lchagichi ikkita bir xil diametrli 1 va 2 truba bo’laklaridan tashkil topgan bo’lib, ular diffuzor 3 va 4 hamda kichik diametrli patrubok orqali tutashtirilgan. Konussimon torayib boruvchi truba 3 ning kichik diametrli truba bilan tutashgan joyida qarshilikni kamaytirish uchun silliq tutashtiriladi. Bunday tutashtirilgan trubalar soplo deb ataladi. Uning 1-1 va 2-2 kesimlariga p’ezometrik naychalar o’rnatilgan bo’lib, ular shu kesimlardagi bosimlar farqi h ni ko’rsatadi. Truba gorizontal bo’lgani uchun demak, 1-1 va 2-2 kesimlari uchun Bernulli tenglamasi quyidagicha yoziladi:
bundan
lekin
bo’lgani uchun
Uzluksizlik tenglamasi (23) ga asosan
u holda
bundan 2-2 kesimdagi tezlikni topamiz:
(24)
Dostları ilə paylaş: |