O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə37/51
tarix02.01.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#39003
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   51
Buxoro muhandislik -texnologiya instituti «texnologiyalar va jih

Nazorat savollari

1) Quvurlarni ketma-ket va parallel ulab murakkab quvurlar hosil qilish.

2) Parallel ulangan quvurlarni xarakteristikasini tuzish va uni ulashning foydali tomonlari.

3) Murakab quvurlarni umumiy xarakteristikasi



Tayanch iboralar:

Konuslik burchagi, konussimon kengayuvchi (difuzor), silindrik naycha, sarf koeffitsenti, kalta trubalar, parallel ulan, ketma-ket, qarshiliklar, turli diametrli, uzluksizlik tenglamasi



14 ma`ruza Nasoslarning ishlash printsipi, qo’llanish soxasi va bajaradigan ishiga qarab klassifikatsiyasi
Nasoslarning tuzilishi, turli parametrlar, suyuqlikka energiya berish usuli va boshqarishiga qarab turlicha klassifikatsiyalash usullari mavjud.

Eng ko’p tarqalgan ko’p usul ularni ishlash prinsipiga qarab klassifikatsiyalashdir. Bunda nasoslar asosan ikkita katta gruppaga: kurakli va hajmiy nasoslarga bo’linadi. Bu ikki tur nasoslar deyarlik barcha nasoslarni o’z ichiga oladi, lekin bir qancha boshqacha printsipda ishlaydigan nasoslar bu ikki klassga kirmaydi. Bularga oqimchali nasoslar (uchinchi klass sifatida ajratish mumkin) va boshqa ko’targichlar kiradi. Kurakli nasoslar yana markazdan qochma, o’qiy, propellerli, uyurma nasoslarga bo’linadi. Tuzilishi va ishlash prinsipi bir xil bo’lgani uchun ventilyatorlarni ham kurakli nasoslar klassiga kiritish mumkin. Ventilyatorlarning ham markazdan qochma, o’qiy, propellerli turlari mavjud. Kurakli nasoslarning ularning bir valida bitta yoki bir nechta ish g’ildirag o’rnatilishiga bir pogonali va ko’p pogonali nasoslarga ajratish mumkin. Markazdan qochma nasoslar so’rish usuliga qarab bir tomonlama so’ruvchi va ikki tomonlama so’ruvchi nasoslarga bo’linadi.

Hajmiy nasoslar ikki gruppaga, porshenli va rotorli nasoslarga bo’linadi. Bular yana bir qancha kichik gruppachalarga bo’linadi (ular to’grisida tegishli bo’limda to’xtalib o’tamiz). Oqimchali nasoslar esa ejektor, injektor va gidroelevatorlarni o’z ichiga oladi. Nasoslarni bunday klassifikatsiyalashga ishlab chiqarishda eng ko’p tarqalgan ikki tur (markazdan qochma va porshenli) nasoslar atrofida barcha nasoslarni gruppalashga intilish asos bo’lgan bo’lsa kerak.

Nasoslarni suyuqlikka bergan bosimining miqdoriga qarab, past bosimli (bosimi 20 m suv ust. gacha), o’rtacha bosimli (bosimi 20 … 60 m suv ust. ga teng), yuqori bosimli (bosimi 60 suv ust. yuqori) nasoslarga ajratish mumkin. Ularni bergan sarfiga qarab past, o’rta va yuqori sarfli nasoslarga gruppalash mumkin.

Nasoslarni energiyaning nasosga qanday berilishiga qarab klassifikatsiyalashgani ham bo’lgan. Bu aytilgan oxirgi uch tur klassifikatsiyalashning har biriga ham barcha mavjud nasoslarni kiritish mumkin bo’lgani bilan bu uch usul juda katta kamchilikka ega, chunki bu usullarda bir gruppaga porshenli, markazdan qochma, rotorli, propellerli va ishlash prinsipi tomoman bir – biridan farqlanuvchi boshqa nasoslar guruhiga kirishi mumkin. Suyuqlikka berilgan energiya turiga qarab klassifikatsiyalash ancha qulaydir.

Nasosdan o’tayotgan suyuqlikka berilgan energiya uch xil bo’lishi mumkin: holat energiyasi (Z); bosim energiyasi ; kinetik energiya .

Faqat holat energiyasi beruvchi mashinalarga suv ko’targichlar deyiladi. Agar ko’tarilayotgan suyuqlik faqat suv emas, balki neft, turli moylar va boshqa xil suyuqliklar ham bo’lishi mumkinligini hisobga olsak, bu mashinalarni suyuqlik ko’targichlari deyish kerak bo’ladi. Bu gruppaga suv ko’tarish uchun ishlatilgan barcha qadimgi qurilmalar: charxpalak, chig’ir arximed vinti va boshqalar kiradi. Zamonaviy ko’lmalardan bu gruppaga kiradiganlari qatoriga defekli quvurdan neft chiqaruvchi tortuvchi qurilmalari, chuqur quduqlardan gaz va havo yordamida suyuqlik (suv, neft) ko’taruvchi ko’targichlar kiradi.

Ikkinchi gruppaga suyuqlikka bosimi orttirish yo’li bilan energiya beruvchi nasoslar kiradi. Suyuqlikni porshen’ bosimi (porshenli nasoslar), aylanuvchi jismlar (rotorli nasoslar), siqilgan havo, gaz yoki bug’ (pnevmatik suv ko’targichlar, Gemfri nasosi va x.k) yordamida siqib chiqarish mumkin. Bularga suyuqlikka gidravlik zarb orqali impul’s beruvchi mexanizmlar (gidravlik taran) ham kiradi.

Uchinchi gruppa nasoslarda suyuqlikka kinetik energiya berilib, so’ngra u bosim energiyasiga aylantiriladi. Bularga birinchi galda kurakli (markazdan qochma, parrakli, o’qiy) nasoslar kiradi (ularda ish kismi valda aylanuvchi kurakli gildiraklardir), ikkinchidan oqimchali nasoslar (ejektorlar, injektorlar, gidravlik elevatorlar) kiradi (ularda suyuqlikka energiya beruvchi boshqa suyuqlik, gaz yoki bug’dir). Nasoslar va suv ko’targichlarni yuqorida aytilganlar bo’yicha

Gruppalashni quyidagi sxemada tasvirlash mumkin.



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin