O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Porshenli nasoslar. Tuzilishi va ishlash prinsipi



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə38/51
tarix02.01.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#39003
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51
Buxoro muhandislik -texnologiya instituti «texnologiyalar va jih

Porshenli nasoslar. Tuzilishi va ishlash prinsipi


Porshenli nasos qurilmasining eng sodda sxemasi keltirilgan. Bu nasoslarda suyuqlikning so’rishi va haydalishi porshenning silindrda ilgarilanma – qaytma harakat qilishiga asoslangan. Bunda porshen 3 tarkibida shtok 2 bo’lgan krivoship – shatunli mexanizmi 1 yordamida harakatga keladi. Porshen’ silindr ichida qaytma (orqaga) harakat qilganida uning oldidagi ish bo’shlig’ining hajmi ortib, siyraklanish hosil bo’ladi. Bu siyraklanish ma`lum bir chegaraga etganida ish bo’shlig’idagi

bosim rs bilan tovonli klapan 7 ostidagi xrapovikda bo’lgan bosim orasidagi farq so’rish klapani 4 ni ochadi va suyuqlik so’rish trubasi 6 orqali ish bo’shligiga kiradi. Nasoslarda suyuqlik qaysi tipdagi kuchlardan (dinamik kuchlar yoki statik kuchlar) foydalanib so’rilishiga qarab, ular dinamik yoki hajmiy nasoslarga bo’linadi. Bunda yuqoridagi klasifikatsiyaga kirgan nasoslarning porshenli va rotorli turlari hajmiy nasoslarga, qolganlari esa dinamik nasoslarga kiradi.

So’rilish porshen o’zining eng chekka so’rilish chegarasiga yetguncha aylanadi . Bunda so’rilish trubasidagi siyraklanishni so’rish klapani oldiga joylashtirilgan vakuumometr yordamida o’lchash mumkin. Ta`minlovchi idishdagi suyuqlik satxidan nasos silindrining eng yuqori satxigacha bo’lgan balandlikka surish balandligi Ns deyiladi. So’rish balandligi chegaraviy so’rish balandligi Ns  Nchs dan katta bo’lmasligi kerak.

Porshen’ (plunjer) ilgarilanma (oldinga) harakat qilganda esa ish bo’shlig’idagi bosim ortib, so’rish klapani yopiladi.



Bo’shliqdagi bosim ortishda davom etib, uning miqdori suyuqlikni haydash bosimi rx ga yetganida haydash klapani ochilib, suyuqlik haydash trubasi 9ga o’ta boshlaydi. Suyuqlikni haydash porshenning eng chekka haydash chegarasiga yetguncha davom etadi.

Nasosni ishga tushirganimizda u avval so’rish trubasidagi havoni tortadi va suyuqlik hosil bo’lgan bosimlar farqi ta`sirida surish trubasiga ko’tariladi. Nasos bir oz vaqt ishlagandan so’ng so’rish trubasi va silindrdagi havo haydab chiqarilib, suyuqlik silindrni to’ldiradi. Shundan keyin nasos moslangan tartibda ishlay boshlaydi. Natijada ta`minlovchi idishdagi suyuqlik qabul qiluvchi idishga o’tadi. Silindrdagi yuqori satx bilan suyuqlik ko’tarilgan eng yuqori satxning farqiga haydash balandligi Nx deyiladi.

So’rish balandligi bilan haydash balandligining yigindisi Ns + Nx nasosning tortish balandligi yoki to’liq statik bosim­ni beradi. Porshenli nasoslarning turli loyixalari bilan qurilgan turlari ishlab chiqarishning ko’p soxalarida qo’llaniladi.

Yuqorida aytganimizdek, porshenli nasoslar yuqori bosim kerak bo’lgandagina ishlatiladi. Amalda ko’p hollarda porshenli nassslardan markazdan ko’chma

nasoslar o’rnida foydalaniladi. Hajmiy gidrouzatmalar sostavida ishlayotgap nasoslar asosan porshenli nasoslar turiga kiradi. Bu aytilganlardan tashqari, porshenli nasoslarning yana bir ustunligi ularning foydali ish koeffitsientining yuqoriligidir. Porshenli nasos­larning markazdan ko’chma nasoslardan yana bir farqi shundaki , uning so’rishini haydash trubasiga o’rnatilgan zadvijka yordamidao’zgartirib bo’lmaydi. Lenin haydash trubasining kesimi kichrayib borishi bilan tezlik va zadvijka oldida bosim orta boradi. Agar zadvijka butunlay bekitib qo’yilsa, bosim juda kattalashib ketishi natijasida yo nasos buziladi, yoki truba yoriladi, u xolda zo’riqish ortib ketishi natijasida dvigatel to’xtab qoladi. Shuning uchun porshenli nasoslardan yuqori bosimda o’zgarmas so’rish miqdori zarur bo’lgan hollarda foydalaniladi.

Porshenli nasoslarning markazdan ko’chma nasoslarga taqqoslangandagi

asosiy kamchiligi ularning qo’polligi, qimmat turishi, ishlatish murakkabligidir. Bu nasoslarni markazdan qochma nasoslarga nisbatan ko’proq kuzatib turish tala



qilinadi, chunki porshenli nasoslarning klapanlari tez-tez ifloslanib turadi. Ifloslanish nasosning boshqa qismlarida ham bo’ladi.


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin