So’rish balandligi
So’rishda bosim kamayib, so’rish klapani ochiladi va so’rish trubasidagi suyuqlik kameraga kira boshlaydi. So’rish trubasidan kameraga suyuqlikning o’tib turishi natijasida so’rish trubasida siyraklanish (vakuum) hosil bo’ladi. Bu o’z navbatida suv manbaidan suvning so’rish trubasiga odib kirishiga sabab bo’ladi. Nasos suv satxiga nisbatan yuqoriroq joylashgan bo’lsa, u holda so’rish trubasidagi absolyut bosim suyuqlikning tuyingan bug’lari bosimidan kamayib ketishi mumkin. Bunda suyuqlikda erigan gazlar va suyuqlik bug’i ajralib chiqib pufakchalar hosil qiladi. Bosim yana ortganda pufakchalar ichidagi gaz va bug’ yana erib ketib, ularning o’rniga suyuqlik intiladi. Natijada gidravlik zarb hosil bo’ladi (buni biz kavitatsiya hodisasi deb atagan edik). Kavitatsiyaning asosiy zararlaridan biri uning kuchayib ketishi natijasida nasosning moslashgan ish tartibining buzilishidir. Ikkinchi zarari kavitatsiya kuchaygan joylarda metall emiriladi. Shuning uchun so’rish trubasidan nasosga kirishda havo qalpogi o’rnatiladi.
Ba`zan havo qalpogi gidravlik zarbni susaytirish bilan birga, so’rishni tekislash maqsadida, haydash trubasining boshlanishiga ham o’rnatiladi. So’rish trubasida bosim aylanish sonining va surish balandligining ortishi natijasida kamayishi mumkin.
Aylanish sonining ortishi porshenning tezligini oshirib, so’rish trubasida bosimning kamayib ketishiga olib keladi. So’rish balandligining ortishi ham so’rish trubasida bosimning kamayishiga ta`sir qilib, kavitatsiya hodisasini vujudga keltiradi. So’rish balandligi ma`lum chegaradan o’tganda kavitatsiya kuchayib so’rishning to’xtashiga olib keladi.
Ana shu chegara qiymati chegara so’rish balandligi deyiladi. Chegara so’rish balandligini aniqlash uchun 4.2- rasmdan foydalanamiz. Ta`minlovchi idishdagi satxini birinchi kesim, nasosga kirishdagi satxni ikkinchi kesim deb, bu ikki kesimga Bernulli tenglamasini qo’llaymiz. Birinchi kesimda bosim p1 tezlik, ikkinchi kesimda bosim rs (so’rish bosimi) tezlik (so’rish tezligi) kesimlar satxining farqi Ns (so’rish balandligi) deb hisoblab quyidagi tenglamani olamiz:
Bundan so’rish balandligini topamiz:
Albatta h12 gidravlika qismida ko’rilgandek so’rish trubasidagi gidravlik yuqotishlarning yigindisidan iborat, ya`ni
bu erda birinchi xad ishqalanish qarshiligi bo’lib, so’rish trubasining uzunligi 1S va diametri dc ga bogliq; ikkinchi had maxalliy qarshiliklar yigindisidir.
tenglamadan ko’rinadiki, so’rish balandligi ta`minlovchi idishdagi bosimning ortishi bilan ortib, so’rish bosimi esa suo’rish tezligi va so’rish trubasidagi qarshilikning ortishi bilan kamayadi. Agar ta`minlovchi idishdagi bosim atmosfera bosimiga teng (p1 = pa), tezlik nolga teng ( - 0) (ochiq idish), so’rish bosimi esa suyuqlikning bug’ bosimiga teng bo’lsa, u holda tenglama quyidagicha yoziladi:
Bunda tenglik belgisi Ns ning chegara so’rish balandligiga teng bo’lgan holini ko’rsatadi. Chegara so’rish balandligi Ns so’rish tezligi c, so’rish trubasining qarshiligi hs va to’yingan bug’ bosimi pt ni hisobga olmagan holda ham dengiz satxida 20°S temperaturada 10 m dan oshmaydi. Amaliy tekshirishda chegara so’rish balandligi 6 ...8 m, so’rish tezligi esa s = 1 ... 1,5 m/s bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |