Nazorat savollari
1 .Gidravlik yo’qotish qaysi formula orqali topiladi.
2. Gidravlik yo’qotishning necha turi mavjud va ular qaysilar/?
3. Suyuqlik sarfini va tezligini o’lchashning qanaqa usullarini bilasiz?
4 Venturi suv o’lchagichi nima uchun xizmat qiladi va uning asosiy qismlari nimadan iborat.
5 Venturi suv o’lchagichda sarf qaysi formuladan topiladi?
Tayanch iboralar
Gidravlik yo’qotish,maxalliy qarshillik ,sekundomer, menzurka, xajmiy sarf, venture konfuzor diffuzor, patrubok.
11 ma`ruza. Suyuqlikning laminar va turbulent harakati. Kavitatsiya hodisasi
Tabiatda va gidromashinalarda suyuqlikda oz miqdorda erigan holda havo tarkibidagi gazlar uchraydi. Bosim ortishi yoki temperaturaning kamayishi bilan erigan gaz miqdori ortadi va aksincha, bosim kamayganda yoki temperatura ortganda uning miqdori kamayadi. Shuning uchun bosim kamayishi yoki teiperatura ortishi bilan suyuqlikdagi erigan gazlarning bir kismi ajralib chiqib pufakchalar hosil qiladi. Bosim kamayganda suv ham bo’g’lanadi, lekin engil komponent sifatida erigan gazlar tezroq ajralib chiqib pufakchalar hosil qiladi. Gaz pufakchalarining paydo bo’lishi bilan suyuqlikning tutashligi buziladi, tutash muxitlarga ta’luqli qonunlar uz kuchini yuqotadi. Bu hodisaga kavitatsiya deyiladi. Pufakchalar suyuqlik ichida yuqori temperaturali yoki past bosimli soxalar tomonga harakat qiladi. Agar u etarli darajadagi bosimga ega bo’lgan soxaga kelib qolsa, gaz yana erib ketadi (ya`ni bug’ kondensatsiyalanadi).
Erigan gaz o’rnida paydo bo’lgan bo’shliqqa suyuqlik zarrachalari intiladi va bo’shliq birdaniga keskin yopiladi. Bu esa hozirgina bo’shliq bo’lgan erda gidravlik zarbni vujudga keltiradi va natijada bu erda bosim keskin ortib, temperatura keskin kamayadi.
Bunday gidravlik zarb va uni vujudga keltirgan kavitatsiya hodisasi truba devorlari va gidromashinalarning suyuqlik harakat qiluvchi kismlarining buzilishiga olib keladi. Kavitatsiyaga qarshi kurash usullari to’g’risida keyinchalik to’xtalamiz.
Dostları ilə paylaş: |